Hayot Saydaliev 1986-yil 12-iyul kuni Andijon viloyati, Shaxrixon tumanida tavallud topgan. U 2010-yilda Toshkеnt Islom univеrsitеtining Jahon Iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishi bo’yicha bakalavr bosqichini, 2015-yilda Malayziya Putra Univеrsitеti (Jahonda №143 o’rin, QS Global World Rankings 2022) magistratura bosqichini va 2020-yilda esa ushbu univеrsitеtning doktorantura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'lgan. 2020-2021 yillarda Qozoq-Britaniya Texnik univеrsitеtining lеktori, "Frontiers in Energy Research" (2020-hozirda) va "Kazakstan economic review" (2020-hozirda) jurnallarida muharir sifatida faoliyat yuritgan.
Hayot Odilbеkovich “Applied econometrics” kitobi va “Leveraging remittances to promote inclusive growth and reduce poverty: Evidence from low- and middle-income Asian economies” hamda “Financial inclusion, Financial innovation and Macroeconomic stability” kitobining hammuallifi. U Economic research - Ekonomska Istraživanja, Global Economy journal, Migration and Development, Journal of Mathematical and Fundamental Sciences va Industry and Higher Education kabi qator xalqaro obro'li jurnallarda maqolalari chop etilgan. Hozirda uning asosiy tadqiqot yo'nalishlari Vaqtli Qatorlarni tahlil qilish va prognozlash, Amaliy ekonometrika va Moliyaviy tebranishlarni modellashtirishga qaratilgan. Jumladan umumiy muvozanat modellaridan (DSGE, Input-Output, SEM, CGE, SAM), Vaqtlik Qatorlar (ARIMA, ARCH, GARCH), panel data (2SL, FE, RE, DOLS, FMOLS, ARDL, GMM, LSDV, LSDVC) va epidemiya (SIR, SIER) modellashtirish bo’yicha mutahassis. Matematika bo’yicha o’tkazilgan Respublika olimpiadasida 2 o’rin g’olibi.
Financial risk management xalqaro sertifikatini birinchi bosqichi va Data science (Coursera-Johns Hopkins University), Data Science: Statistics and Machine learning specialization (Coursera-Johns Hopkins University), Data science: Foundations using R specialization (Coursera-Johns Hopkins University), Data Science: Statistics and Machine learning specialization(Coursera-Johns Hopkins University), Econometrics: Methods and Applications (Coursera-Erasmus University Rotterdam), Understanding and visualizing data with Python (Coursera-University Michigan), Statistical inference (Coursera-Johns Hopkins University) va Machine learning algorithms in Python and R (Udemy) sertifikatlarini qo’lga kiritgan.