Economist Intelligence Unit tahlil agentligi tomonidan Global oziq-ovqat indeksi (GFSI )ishlab chiqilgan va u har yili qaytadan tuzib chiqiladi. 2021 yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global tadqiqot va uning reytingi o‘ninchi marotaba e’lon qilindi. GFSI oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, dunyodagi 113 ta mamlakatning tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.
2019-2021 yillar bo‘yicha umumiy reytingda O‘zbekiston ikki o‘ringa ko‘tarildi va 2021 yilda 113 ta mamlakat orasida 78-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning umumiy to‘plagan ballari 0,7 birlikka pasaygan. Shunday qilib, reytingdagi o‘rnimizning yaxshilanishi pandemiya davrida dunyoning boshqa mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish yo‘lidagi salbiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. To‘plangan ball O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi darajasi mo’tadil bo‘lgan mamlakatlar guruhidagi o‘rnini saqlab qolish imkonini berdi.
Quyidagilarni O‘zbekistonning mazkur reytingdagi asosiy yutuqlari sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin:
O‘zbekiston “Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” kategoriyasi bo‘yicha mavqeini 15 punktga yaxshiladi. Bu quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholarning yaxshilanishi bilan bog‘liq:
-
Bozor ma’lumotlari va mobil bankingdan foydalana olish – mobil aloqadan foydalanuvchilar sonining har 100 kishiga 75,9 kishidan 101,2 kishiga oshishi;
-
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish tariflari – qishloq xo‘jaligida o‘rtacha import tarifi 19,1% dan 11,4% gacha yaxshilandi.
Mutaxassislar “Tabiiy resurslar va barqarorlik” kategoriyasida O‘zbekiston bo‘yicha bahoni sezilarli darajada yaxshiladi. Iqlim o‘zgarishiga moslashishishga nisbatan siyosiy tarafdorlik bo‘yicha sa’y-harakatlarning yuqori baholanishi reytingda mamlakatimizga ushbu kategoriyada 19 o‘rin ko‘tarilish imkonini berdi.
Mamlakat darajasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekiston reytingini yaxshilash uchun birinchi o‘rinda O‘zbekistonning baholari eng yomon bo‘lgan “og‘riqli” nuqtalarga e’tibor qaratish zarur:
.jpg)