Янгиликлар 1598 ko'rishlar
“Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik: joriy holati va istiqbollari” mavzusida ilmiy seminar

Joriy yilning 28-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) va Rossiya Federatsiyasi “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetinin...

28 ноябр 2025
1598 ko'rishlar
0 Biriktirilgan fayllar
Videogalereya

Joriy yilning 28-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) va Rossiya Federatsiyasi “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Tabiiy resurslar iqtisodiyoti va iqlim o‘zgarishi instituti hamkorligida “Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik: joriy holati va istiqbollari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. 

Seminar doirasida ekspertlar, ilmiy xodimlar va davlat tuzilmalarining vakillari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bugungi global muammolar, shuningdek, dekarbonizatsiya, moslashish va barqaror taraqqiyot sohalarida hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.  

Unda asosiy e’tibor havoga chiqarilayotgan issiqxona gazlarini kamaytirish, bu yo‘nalishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirish, “yashil texnologiyalar”ni keng qo‘llash, iqlim o‘zgarishiga barqaror shahar infratuzilmalarini tatbiq etish bo‘yicha xalqaro tashabbuslar hamda mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashishga qaratildi. Seminar iqlim bilan bog‘liq siyosatda yangicha yondashuvlarni shakllantirish, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ilmiy va tahliliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirildi.

Ekspertlar ishtirokidagi ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan mazkur tadbir iqlim sohasida bundan keyingi ilmiy hamkorlik va qo‘shma loyihalar uchun muhokama maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.