Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Til – har bir millatning g‘ururi” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obiddin Mahmudov ishtirok etdi.
.jpg)
Uchrashuvda qayd etilganidek, dunyodagi har bir xalq, millat hayotida milliy tilning ahamiyati benihoya katta. Chunki u o‘tmish, bugun va kelajakni bir-biri bilan bog‘lab, xalqning butun tarixi, hayoti va ma’naviyatini ifoda etadi. Shu bois ham mamlakatimizda tilga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida 21-oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlanmoqda.
O.Mahmudovning qayd etishicha, milliy tilimizga bo‘lgan e’tibor ko‘p jihatdan oiladagi tarbiyaga, ota-onaning ma’naviy jihatdan qanchalik boy va dunyoqarashi keng ekaniga bog‘liq. Ayniqsa, farzandning komil inson bo‘lib voyaga yetishida onaning o‘rni beqiyos. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi ma’naviyat esa o‘z navbatida tilga bo‘lgan e’tibor va hurmatni oshiradi.
