I. PMTIda oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha amalga oshiriladi:
Tayanch doktoranturaga
08.00.02 - "Makroiqtisodiyot" 2 ta o`rin
08.00.12 - "Mintaqaviy iqtisodiyot" 2 ta o`rin
Doktoranturaga
08.00.02 - "Makroiqtisodiyot" 1 ta o`rin
08.00.12 - "Mintaqaviy iqtisodiyot" 1 ta o`rin
Mustaqil izlanuvchilikka
08.00.02 - "Makroiqtisodiyot"
08.00.12 - "Mintaqaviy iqtisodiyot"
Barcha talabgorlar hujjatlarini phd.mininnovation.uz saytining yagona elektron tizimi orqali topshiradilar (yuklaydilar) va ro`yxatdan o`tadilar. Amaldagi talablarga javob bergan hujjatlar PMTI ma`sul xodimi tomonidan qabul qilinadi.
Kirish uchun zarur hujjatlar ro`yxati
Tayanch doktoranturaga (PhD) o`qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Institut direktori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma`lumotnoma (ob`ektivka);
3. Oliy o`quv yurti diplomi yoki magistrlik diplom nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis bo`lishi shart) va ularning ko`chirma nusxalari;
6. Rasm 4 dona (3x4);
7. Pasport nusxasi.
Barcha mazkur hujjatlar PDF formatda tayyorlanadi va Oliy ta`limdan keyingi ta`limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali ro`yxatdan o`tgan holda yuboriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturaga (DSc) o`qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Institut direktori nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma`lumotnoma (ob`ektivka);
3. Oliy ma`lumoti to`g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;
4. Mehnat daftarchasining o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi
5. Tadqiqot mavzusi bo`yicha ilmiy ma`ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning batafsil reja loyihasi;
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis bo`lishi shart) va ularning ko`chirma nusxalari.
Ishdan uzilmagan holda ilmiy ish (mustaqil izlanuvchilik) bilan shug'ullanadiganlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari zarur:
1. Institut direktori nomiga ariza;
2.Ma`lumotnoma-ob`ektivka;
3.Magistrlik diplomi nusxasi (mutaxassislik yo`nalishi bo`yicha). Oliy ma`lumoti to`g'risidagi diplom nusxasi - falsafa doktori ilmiy darajasini mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchón;
4. Mehnat daftarchasining o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati va ularning ko`chirma nusxalari;
6. Fan doktori ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka rasmiylashtirish uchun oliy ma`lumoti to`g'risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;
7. Ish joyidan tavsifnoma.
O`qishning kunduzgi shakli - tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga ommaviy axborot vositalarida qabul to`g'risida e`lon berilgandan so`ng (1 sentyabda) hujjatlar 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikning (PhD) va (DSc) sirtqi o`quv shakliga hujjatlar quyidagi davrlarda yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi:
15 yanvardan 15 fevralga qadar;
15 apreldan 15 mayga qadar;
15 iyuldan 15 avgustga qadar;
15 sentabrdan 15 oktabrga qadar.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda o`rnatilgan tartibda tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturaga (PhD) o`qishga kirish quyidagi imtihonlar natijalari bo`yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
1. Mutaxassislik bo`yicha:
"Makroiqtisodiyot"
"Mintaqaviy iqtisodiyot";
2. CHet tili.
Talabgorlarda malaka sertifikati IELTS (o`rtacha bali 5,5 dan kam bo`lmagan, TOEFUL (PBT) (87 balldan kam bo`lmagan) va CEER (V2 darajasidan kam bo`lmagan) mavjud bo`lgan hollarda ular chet tili bo`yicha imtihon topshirishdan ozod etiladilar.
Doktoranturaga o`qishga kirish taqdimot natijalari bo`yicha amalga oshiriladi.