Докторантлар учун

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun murojaat qilmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan 15-iyuldan 15-avgustga qadar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun hujjatlarni 2023-yil 4-chorak uchun onlayn qabul qilishini e’lon qiladi:

 08.00.02-Makroiqtisodiyot

 08.00.12-mintaqaviy iqtisodiyot

Hujjatlar quyidagi veb-saytga yuklanishi kerak: http://phd.mininnovation.uz

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

1. Institut direktori nomiga ariza

2. Ob’ektiv -ma’lumotnoma

3. Pasport nusxasi (JPG formatda)

4. 3x4 o‘lchamdagi fotosurat - 4 dona

5. Oliy ta’lim muassasasining bakalavriat va magistraturasi diplomlari (ilovalari bilan nusxalari)

6. Ilmiy rahbarning rozilik xati

Ma’lumot uchun: xatda ilmiy rahbarning to‘liq ismi-sharifi va uning mutaxassislik shifri, izlanuvchining dissertatsiya mavzusi va mutaxassislik shifri ko‘rsatilishi, imzo muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim

7. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

Ma’lumot uchun: dissertatsiyaning tanlangan mavzusi bo‘yicha minimal talab qilinadigan ilmiy maqolalar soni 1 ta va tezislar - 2 ta.

8. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi

9. Ish joyidan tavsiyanoma

10. Chet tilini bilish sertifikati

Ma’lumot uchun: ixtirolar uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari mavjud bo‘lsa, ularning nusxalarini ilmiy yutuqlarning dalili sifatida taqdim etish maqsadga muvofiqdir.

18 июл 2023 1582 ko'rishlar