Докторантлар учун

Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) qabul qilish bo'yicha tanlov to'g'risida e'lon

Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) qabul qilish bo'yicha tanlov to'g'risida e'lon

Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) qabul qilish bo'yicha tanlov to'g'risida e'lon

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan 2025-o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) o‘qishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Hujjatlarni onlayn tarzda 2024-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabrga qadar onlayn tarzda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha topshirish mumkin:

08.00.02 – Makroiqtisodiyot

08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot

 

Har bir ixtisoslik bo‘yicha doktoranturaga o‘rinlar soni:

PhD – 2 o‘rin

DSc – 1 o‘rin

Hujjatlar http://phd.mininnovation.uz  saytida yagona elektron tizim orqali yuklanishi darkor.

 

Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Institut direktori nomiga ariza

2. Ma’lumotnoma (ob’ektivka)

3. Rasport nusxasi (JPG formatida)

4. 3x4 o‘lchamdagi fotosurat - 4 dona

5. Oliy ta’lim muassasasining bakalavriat va magistraturasi diplomlari (ilovalari bilan) nusxalari – bazaviy doktoranturaga (PhD) talabgorlar uchun va PhD diplomi nusxasi – doktoranturaga (DSc) talabgorlar uchun.

6. Rahbarning rozilik xati

Ma’lumot uchun: xatda ilmiy rahbarning to‘liq ismi-sharifi va uning ixtisoslik shifri, talabgorning dissertatsiya ishi mavzusi va ixtisoslik shifri ko‘rsatilishi hamda imzo muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

7. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari

Malumot uchun: (PhD)ga  kirish uchun dissertatsiya bo‘yicha  tanlangan mavzuga oid minimal talab qilinadigan ilmiy maqolalar soni 1 ta va tezislar soni – 2 ta; doktorantura (DSc) ga  kirish uchun dissertatsiya bo‘yicha  tanlangan mavzuga oid minimal talab qilinadigan ilmiy maqolalar soni 3 ta va tezislar soni – 2 ta;

8. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi

9. Ish joyidan tavsiyanoma

10. Xorijiy tillarni bilish darajasi sertifikati

Ma’lumot uchun: IELTS (o‘rtacha ball kamida 5,5), TOEFL (kamida 87 ball), CEFR (kamida V2 darajasi).     

Malumot uchun: agar sizda ixtiro uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari bo‘lsa, ularning nusxalarini ilmiy yutuqlarni tasdiqlash sifatida taqdim etish tavsiya etiladi.

 

Kirish imtihonlari va suhbatlar 2024-yilning 1-noyabridan 25-noyabriga qadar o‘tkaziladi.

Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.

Doktoranturaga (DSc) talabgorlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

19 август 2024 1221 ko'rishlar