Yer islohotlari: jahon mamlakatlari tajribasi (1-qism)
Yer islohotlari: jahon mamlakatlari tajribasi (1-qism)
IMRS
IMRS Tadqiqot7 март 2024
Мақолалар ва тезислар · 7 март 2024
Misr
Misrdagi yer islohotining asosiy maqsadi prezident Nosir hokimiyatiga qarshi jiddiy siyosiy kuch bo‘lgan yirik yer egalari qatlamini tugatish edi.
1952-yilgi davlat toʻntarishidan oldin Misr aholisining 6% dan kamrogʻi mamlakatdagi yerlarining 65% dan ko‘prog‘iga, 0,5% dan kamrogʻi esa barcha unumdor yerlarning 1/3 qismidan koʻprogʻiga egalik qilgan. Bu yirik mulk egalari o'zlariga tegishli yerlarni deyarli avtokratik nazorat qilar va ijarachilardan yerdan olinadigan daromadning o'rtacha 75 foizini tashkil etuvchu yuqori ijara haqini undirardi. Yuqori ijara haqi, shuningdek, banklar tomonidan undiriladigan yuqori foiz stavkalari ko‘plab kichik fermerlar va dehqonlarni qarzga botirardi.
1952-yilning 11-sentyabrida 178-sonli qonun kuchga kirdi.Qonunda Misrdagi yer muammolarini hal qilishga qaratilgan ko'plab qoidalar mavjud edi:
- zamindorlarga 200 feddan (84 gektar)dan ortiq yerga egalik qilish taqiqlandi. Biroq 2 naffardan ortiq farzandi bo'lgan otalarga 300 feddan (126ha) yerga egalik qilishga ruxsat berildi;
- yer uchun ijara limiti yer uchastkasi uchun yer solig‘ining 7 baravari miqdorida belgilandi;
- yer ijarasiga oid barcha shartnomalarning amal qilish muddati kamida 3 yilni tashkil etardi.
Hukumat 5 feddan (2,1 gektar) dan kam yeri bo'lgan fermerlar uchun kooperativlar otashkil etildi. Ushbu kooperativlarning a'zolari o'g'it, pestitsid, urug'lik kabi materiallarni olish uchun birgalikda ishladi, shuningdek, o'z mahsulotlarini bozorga olib chiqishda hamkorlik qildi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlarining eng kam ish haqi kuniga 18 piastr etib belgilandi.
Bundan tashqari, qonun mulkdorlarga tegishli va belgilangan me’yordan ortiq bo'lgan har qanday yerni qayta taqsimlashni nazarda tutgan:
- zarar ko'rgan har bir mulkdor ortiqcha yer uchun uning ijara haqidan sining 10 barobar ko‘p miqdorda davlat zayomlari shaklida kompensatsiya oldi. Ushbu obligatsiyalar yiliga 3% foizli ustama bilan 30 yil davomida to'lanadi;
- davlat tomonidan sotib olingan yerlarning barchasi dehqonlarga sotilishhi mumkin edi. Garchi hech kim hukumatdan 5 feddan (2,1 gektar) dan ortiq yer ololmasa ham, yer sotib olgan dehqonlar 30 yil davomida davlatga yerning pulini va 15 foizlik ustama to‘lashlari darkor edi.
1958-yilda yer islohotlari to'g'risidagi qonunning 3 ta qoidasi qayta ko'rib chiqildi:
- hukumat zamindorlardan olib qo‘yilgan yer uchun kompensatsiya to‘lashda foydalangan obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi 1,5 foizgacha pasaytirildi.
- davlatdan yer sotib olgan shaxslarga yerning pulini to‘liq to‘lash uchun 40 yil (30 yil o‘rniga) berildi.
- xaridorlar to‘laydigan davlat qo‘shimcha to‘lovi 10 foizgacha pasaytirildi.
1961-yilda hukumat yer islohotlari dasturini yana qayta ko‘rib chiqdi va yerga egalik qilishning eng yuqori ko‘rsatkichini 100 feddan (42 gektar) ga tushirdi.
1969-yilda mumkin bo‘lgan enng yuqori ko‘rsatkich 50 feddan (21 gektar) ga tushdi.
Natijalar
Dastlab yer islohotlari yirik yer egalarining siyosiy ta’sirini mohiyatan bartaraf etdi. Islohotlar doirasida 350 ming xonadon, yer resurslaridan, jumladan, qo‘shimcha yer resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq, bu Misrdagi ekin maydonlarining atigi 15% ini qayta taqsimlashga olib keldi.
Uy xo‘jaliklarining daromadlarini taqsimlash ham tinimsiz mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yerlarning qayta taqsimlanishi va muhim boylik (inson kapitali) sifatida ko‘riladigan ta’lim olish imkoniyatlarining kengayishi hisobiga yaxshilandi. Yerdan foydalanish va ta’lim olish imkoniyatlarining ortishi tufayli Misrda qishloq aholisi orasida kambag‘allik darajasi sezilarli pasaydi va 1951-yildagi 56,1% dan 1965-yilda 23,8% gacha qisqardi.
Vengriya
Ikkinchi jahon urushidan oldin Vengriyadagi fermer xo‘jaliklari yirik pomestelarda yerlarning haddan ortiq konsentratsiyalashuvi bilan ajralib turardi. Yer egalarining 0,1% ga yaqini barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining 30% iga egalik qilgan va 1,8 million yersiz dehqon mavjud edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Vengriyada yer islohotlarining birinchi to‘lqini 1945-yilning mart oyida boshlandi. O‘shanda 575 gektardan ortiq barcha mulklar ekspropriatsiya qilingan va boshqa fermer xo‘jaliklari musodara qilish yo‘li bilan 57 gektargacha qisqartirilgan. Chorva mollari va ishlab chiqarish mulklari yer bilan birga musodara qilindi. Jami 3 million gektarga yaqin yer musodara qilindi va 725 ming yersiz ishchi va kichik fermerlarga taqsimlandi. Yangi xo‘jaliklar 8,5 gektar yer bilan cheklangan edi.
1948-yilda yer islohotlarining ikkinchi to‘lqini boshlandi. O‘shanda ijaraga olingan 170 ming gektar yer yirik fermerlardan qishloq xo‘jaligi ishchilari, mayda dehqonlar va kooperativ xo‘jaliklariga past ijara haqi asosida o‘tkazildi. Yakka tartibdagi dehqonchilikdan kooperativ va sovxozlarga o‘tish uzoq va bosqichma-bosqich jarayon edi. 1950-yilda kooperativlar va sovxozlar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning 14%ini nazorat qilardi. 1966-yilda bu ko‘rsatkich 86% ga oshdi.
Biroq, Vengriyada sotsialistik islohotlar qishloq xo‘jaligi yerlarida xususiy mulkchilikning butunlay yo‘q bo‘lishiga olib kelmadi. Ko‘pgina yakka tartibdagi fermerlar o‘z yerlari bilan kooperativlarga kirdi, ba’zilari kuch bilan, boshqalari esa ixtiyoriy ravishda qatnashdi. Kooperativlar yerlarni ko‘p hollarda kooperativ a’zolari vafot etganida yoki qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmay qo‘yganda yer sotib olgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 5 foizi kooperativlardan tashqarida xususiy xo‘jaliklarda qoldi va ulardan yakka tartibdagi dehqonchilik uchun foydalanildi. Shuningdek, kooperativ a’zolari va xodimlariga kooperativlar yoki davlat xo‘jaliklaridan foydalanish huquqi ostida o‘rtacha 0,5 gektarga yaqin yakka tartibdagi tomorqa yerlarida dehqonchmilik qilishga ruxsat berildi.
Vengriyadagi yer islohotlari Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida o‘ziga xos bo‘lib, 1991-yilda “Kompensatsiya to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi bilan boshlangan . Qonunga ko‘ra, 1949-yilning iyun oyidan keyin mulki ekspropriatsiya qilingan Vengriya fuqarolari kompensatsiya olish huquqiga ega.
Kompensatsiya to‘g‘risidagi qonun nafaqat qishloq xo‘jaligi yerlari, balki 1949-yildan 1990-yil o‘tish davrining boshlanishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqarolardan olib qo‘yilgan barcha mulklarga taalluqli edi. Shunday qilib, Vengriya qaytarish o‘rniga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qildi, ammo 1945-1949 yillar oralig‘ida yerlari kompensatsiyasiz ekspropriatsiya qilingan xususiy mulkdorlarga kompensatsiya berilmadi. Sobiq yer egalariga tovon puli berilishidan tashqari, yerdan hozirgi foydalanayotganlar guruhi, masalan, kooperativlarning yersiz a’zolari va kooperativlar va sovxozlarning ishchilari (xizmatchilari)ga yer taqsimlab berildi.
Kuponlar yoki vaucherlar kompensatsiya vositasi edi. Kompensatsiya talonlari sifatida Avstriya-Vengriyaning an’anaviy yer sifati birligi - "oltin krona"dan foydalanildi. Vaucherlardan kvartiralar, davlat korxonalari aksiyalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari singari davlat mulkini sotib olishda foydalanish, bozorda erkin sotish mumkin edi. Biroq, qishloq xo‘jaligi yerlarini sotib olish huquqi vaucherning dastlabki oluvchisi bilan cheklangan.
“Kooperativlarga o‘tish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, kooperativ xo‘jaliklar 1949-yilning iyun oyidan keyin kooperativlar tomonidan sotib olingan yerlarni kompensatsiya sifatida ajratishlari shart edi. Keyin yer uchastkalari auksionda sotildi va vaucherlar bilan to‘lov orqali sotib olindi. Kimoshdi savdolarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini qaytarib olishni istagan sobiq yer egalari ishtirok etdi. Sobiq yer egalari tomonidan olingan vaucherlar yo‘qolgan mulkning taxminiy qiymatiga asoslangan edi. Qiymati 200 ming forintgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun (taxminan 10 gektar o‘rtacha qishloq xo‘jaligi yerlari) 100% kompensatsiya to‘landi, keyin esa voz kechiluvchi kompensatsiya shkalasi bilan.
Sobiq yer egalariga kompensatsiya to‘lanishidan tashqari, yersiz kooperativ a’zolari va xodimlariga yer sotilgan. Kooperativ a’zolariga 30 ta, ishchilarga esa 20 ta oltin krona ajratildi. Bu esa mos ravishda 1,5 gektar va 1 gektar o‘rtacha sifatli qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladi. Bu yer kimoshdi savdosisiz taqsimlangan va oltin krona cheklari bilan to‘langan.
Vengriya boshqa mamlakatlardan farq qiladi. Chunki qishloq xo‘jaligi yerlariga faqat jismoniy shaxslar egalik qilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik huquqi 300 gektar bilan cheklangan.
Natijalar
Jami kompensatsiya dasturi 5,6 million gektar maydonni qamrab oldi.
Kompensatsiya auksionlari orqali 2,7 million gektar yer xususiy mulkka o‘tkazildi. Bundan tashqari, 1,5 million yangi mulkdorlar (ya’ni, kooperativlarning yersiz a’zolari va ishchilari) davlat yerlarini vaucherlar/taqsimlash bo‘yicha sotish orqali 3 million gektar yerga ega bo‘ldi. Jamoa xo‘jiligining qolgan yerlari xo‘jalik a’zolariga bo‘lib berildi.
Vengriyada yer islohotlari natijasi juda tarqoq mulkchilik tuzilmasi bo‘ldi, ko‘pincha nisbatan kichik uchastkalar uzun va ingichka yer bo‘laklariga bo‘lingan. Kimoshdi savdolarida o‘z vaucherlari bilan yer sotib olgan fermerlar ko‘pincha turli joylardan bir necha tor uchastkalarga bo‘lingan 2-3 gektar yerni olardi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining o‘rtacha maydoni 1,1 gektarni tashkil etgan. Barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining 10% ga yaqini bir nechta mulkdorga ega (ya’ni ular birgalikda egalik qiladi).
Vengriyadagi fermer xo‘jaliklari tuzilishi jihatidan ko‘pchilik mamlakatlardagiga qaraganda ancha aralash bo‘lib, unda kichik oilaviy fermer xo‘jaliklari ham, o‘rtacha va yirik tijorat oilaviy fermer xo‘jaliklari ham, to‘liq ijaraga olingan yerlarda faoliyat yurituvchi yirik korporativ fermer xo‘jaliklari ham bor edi. Yer ijarasi keng tarqalgan bo‘lib, 2005-yilda Vengriyadagi qishloq xo‘jaligi yerlarining 59% i ijaraga olingandi.
1990-yillarning birinchi yarmida yer islohotlarii jarayonida qishloq xo‘jaligi yerlari xususiy mulkdorlarga o‘tkazilgandan so‘ng ko‘plab mulkdorlar yoki ularning merosxo‘rlari qishloq joylarni tark etib, shaharlarda yashab, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi. Vengriyadagi yer bozori zaif edi va kichik agroxoldinglar ko‘pincha ijaraga berildi yoki shunchaki tashlab ketildi. Talabning sustligi tufayli yer narxi past edi va ishlamay qolgan yer egalari ko‘pincha yerni tashlab ketar va yer narxining oshishini kutardi.