2023-yilda dunyoda gulkaram va brokkoli bozorining hajmi 1,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. So‘nggi 5 yil ichida bozorning o‘rtacha yillik o‘sishi 7,9 foizni tashkil qildi.
Dunyoda ushbu mahsulotlarni eng ko‘p import qiluvchi mamlakatlat bular: Buyuk Britaniya (2023-yilda dunyo importidagi ulushi 17,1 foiz), Kanada (14,2 foiz), Germaniya (8,6 foiz), AQSh (6,6 foiz) va Fransiya (4,8 foiz).
Ispaniya va Meksika 2023-yilda gulkaram va brokkolini eng ko‘p eksport qilgan mamlakatlar bo‘lib, ularning ulushi dunyo miqyosida ushbu mahsulotlar eksporti umumiy hajmining qariyb 50 foizini tashkil etdi.
FAOStat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 26,1 million tonna gulkaram va brokkoli yetishtirilgan. Bu 2017-yildagiga nisbatan 2,9 foiz ko‘p.
2022-yilda eng ko‘p miqdorda gulkaram va brokkoli yetishtirgan mamlakatlar bular: Xitoy (dunyo miqyosida yetishtirilgan gulkaram va brokkolining 37,1 foizi), Hindiston (36,7 foizi), AQSh (3,6 foizi), Meksika (2,8 foizi) va Ispaniya (2,6 foizi).
Dunoyo gulkaram va brokkoli bozorining asosiy tendensiyasi bu mahsulotlarga talabni oshiruvchi sog‘lom ovqatlanishning tobora ommalashib borayotganidir. Ushbu sabzavotlarning ikkalasi ham ko‘plab vitaminlarning ajoyib manbaidir. Bu esa sog‘lig‘iga e’tiborli iste’molchilar uchun ushbu mahsulotlarni yanada jozibador qiladi.
O‘zbekistonning eksport salohiyati
Gulkaram va brokkoli yangi meva va sabzavotlar segmentida mamlakatning eng tez o‘sib borayotgan eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistondan ushbu mahsulotlarning ommaviy eksporti oktyabr oyida boshlanib, keyingi yilning iyun oyida tugaydi. Yillik jo‘natish hajmining 96 foizdan ortig‘ini shu davr ulushiga to‘g‘ri keladi[1].
Ma’lumot uchun: Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil[2] hosili uchun barcha turdagi xo‘jaliklardagi 1,9 ming gektar maydonga brokkoli ekilgan. Shundan 1,2 ming gektarini fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari, 702 gektar aholi tomorqa maydonlari tashkil etadi. Bu yerlarda 37,6 ming tonna brokkoli yetishtirilgan bo‘lsa, shundan 27,4 ming tonnasi fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari Oʻzbekistonda brokkoli yetishtiriladigan asosiy hududlardir[3].
Hozir respublikada yetishtirilayotgan brokkoli navlari: “Agassi F1”, “Ayronmen F1”, “Atlantis F1”, “Geraklion F1”, “Kvinta F1”, “Naksos F1”, “Marafon F1”, “Tiburon F1”, "Fiesta F1", gulkaram - "Kashmer F1", "Barselona F1", "Talassa F1".
Oxirgi 3 yilda O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli eksporti jismoniy ko‘rinishda 2,8 barobarga, qiymati bo‘yicha esa 3,8 barobarga (4,6 million dollardan 17,6 million AQSh dollargacha) oshdi.
Manba: UNComtrade ma’lumotlari asosida hisoblangan
2020-2024-yillarning oktyabr-iyun oylarida O‘zbekistonning gulkaram va brokkoli eksporti (ming tonna)
O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli asosan uchta davlat – Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga jo‘natiladi. Ushbu mahsulotlarning umumiy eksport hajmida mazkur uchta mamlakat ulushi 96 foizdan ortadi (1-jadval).
1-jadval. 2023-2024 yillarning oktabr-iyun oylari oralig‘ida O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli eksporti geografiyasi
(ming AQSh dollari)
|
|
10.2023 |
11.2023 |
12.2023 |
01.2024 |
02.2024 |
03.2024 |
04.2024 |
05.2024 |
06.2024 |
Mavsum bo‘yicha |
|
ming AQSh dollari |
foiz |
||||||||||
Jami |
1 217,0 |
2 660,7 |
4 231,2 |
2 447,6 |
1 479,7 |
1 547,4 |
2 392,8 |
1 268,3 |
310,7 |
17 555,5 |
100 |
Rossiya |
1 014,1 |
2 375,1 |
3 439,5 |
1 863,7 |
1 165,7 |
1 179,8 |
1 803,6 |
1 007,6 |
209,7 |
14 058,8 |
80,1 |
Qozog‘iston |
106,6 |
170,5 |
449,9 |
414,8 |
217,3 |
268,6 |
436,5 |
166,0 |
85,0 |
2 315,3 |
13,2 |
Qirg‘iziston |
43,1 |
49,3 |
89,5 |
40,1 |
53,4 |
71,8 |
85,3 |
53,9 |
16,0 |
502,4 |
2,9 |
Latviya |
|
19,5 |
187,9 |
63,8 |
|
|
5,0 |
31,0 |
|
307,2 |
1,8 |
BAA |
53,1 |
46,3 |
36,5 |
42,5 |
27,4 |
|
25,5 |
0,2 |
0,1 |
231,6 |
1,3 |
Belarus |
|
|
27,9 |
|
12,3 |
23,5 |
36,9 |
9,6 |
|
110,1 |
0,6 |
Tojikiston |
|
|
|
20,0 |
3,5 |
3,7 |
|
|
|
27,3 |
0,2 |
Estoniya |
|
|
|
2,8 |
|
|
|
|
|
2,8 |
0,0 |
Manba: UNComtrade ma’lumotlari asosida hisoblangan
2023/2024-yilgi eksport mavsumi ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shuni aytish mumkinki, BAA hozirgi eksport geografiyasidagi eng daromadli bozor bo‘lib, u erda narx butun eksport o'rtacha narxidan 3 baravar yuqori, ammo etkazib berish umumiy eksportning atigi 1,3 foizini tashkil qilgan. Yetkazib berish uchun eng arzon bozorlar Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘lib, ularda o‘rtacha etkazib berish narxi brokkoli va gulkaram eksporti o'rtacha narxining atigi 30 foizini tashkil etgan.
Ushbu mahsulotlarni O‘zbekistondan eksport qilishni ko‘paytirishning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida Vyetnam va Mo‘g‘uliston bor. So‘nggi 5 yil ichida Mo‘g‘uliston gulkaram va brokkoli importini qiymat jihatidan 14 barobar, Vyetnam 13,9 barobarga oshirdi. Dynyoda ushbu ekinlarga talabning ortib borayotgani va mamlakatimizda ularni yetishtirish uchun qulay shart-sharoitning mavjudligi hisobga olinsa, bu O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi.
D. Ilina
MHTI loyiha rahbari
-
A. Kim
.png)