Мақолалар ва тезислар 25 апрел 2022 7 daq 2509
Gilos eksporti uchun eng istiqbolli bozorlar

Gilos eksporti uchun eng istiqbolli bozorlar

Gilos eksporti uchun eng istiqbolli bozorlar
Мақолалар ва тезислар · 25 апрел 2022

 

Bozorni oʻrganish va qoʻshimcha axborot eksport qiluvchilarga toʻgʻri va puxta oʻylangan qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Bozor bilan bogʻliq tayyor tadqiqotlar bilan bogʻliq asosiy muammo ularning umumiy xarakterga ega ekanligidir. Diqqatni koʻproq tortishi va adadining katta boʻlishi uchun ularning qamrov doirasi ham keng boʻlishi darkor. Shunday ekan, ular hamma vaqt ham sizni qiziqtirgan tovar haqida aniq ma'lumot beravermaydi.

Shuning uchun eksport qiluvchining oʻzi hech boʻlmaganda dunyo bozoriga oid asosiy ma'lumotlarni tahlil qila bilishi lozim. Aslida, har bir bozorni batafsil tahlil qilishning iloji yoʻq. Shuning uchun qaysi bozorlar batafsil oʻrganilishini tanlab olish zarur.

Aniq bir bozor yoki bozorlarni tanlash va oʻrganish uchun imkoniyatlarni skanerlash (opportunity scan) usulidan foydalansa boʻladi.

Imkoniyatlarni skanerlash koʻplab filtrlari boʻlgan jarayon sifatida belgilanadi. Ular butun dunyodagi imkoniyat bor, deb hisoblangan bozorlar sonini imkoniyat eng yaxshi boʻlgan bitta yoki ikkita maqsadli bozorgacha tizimli ravishda qisqartirish imkonini beradi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti dunyo gilos bozoridagi imkoniyatlarni skanerdan oʻtkazdi. Bu tadqiqot Xitoy bozori gilos eksport qilish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega ekanligini koʻrsatdi.

Endi buning uchun qanday filtrlar qoʻllanilgani va ular qanday ishlashini koʻrib chiqamiz.

Birinchi filtr – bu bozor oʻlchami

Bu eng yaxshi holatda ichki bozordagi 3 yillik umumiy savdo hajmi yoki iste'molning oʻrtacha qiymati boʻlishi darkor. Biz eng kuchli 10 talik yoki 15 talikni tanlamaymiz, balki ma'lum bir mezonlarni qoʻllaymiz.

Tanlash mezonlari eksport qiluvichlarning imkoniyatlari bilan bogʻliq boʻlishi darkor. Masalan, kompaniya bozorga 1 million AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilishni rejalashtirsa, mezonlar umumiy savdoning ma'lum bir foizlariga asoslanishi mumkin (masalan, bozorlariga yetkazib beriladigan mahsulot 1 foizdan oshmaydigan barcha mamlakatlarni kichik bozorlar, deyish mumkin). Shuning uchun 100 million AQSH dollaridan kam mahsulot import qiluvich mamlakatlarni chiqarib tashlash mumkin. Chunki bunday bozorlarga kirish va katta ulushni olish qiyinroq, biroq bu tovar va bozorga bogʻliq. Korxona bozorning katta qismini egallash imkoniyatiga ega ekanligini sezsa, mezon ham shunga mos tarzda belgilanishi mumkin.

Masalan, Oʻzbekistondagi kompaniya yiliga 100 ming dollarlik gilos eksport qilishni maqsad etgan. 2018-2020 yillarda dunyoda gilos importi boʻyicha ma'lumotlarni olamiz (TIF TN kodi 080929). Agar biz 100 dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirsak, u holda bizga hajmi 10 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan bozorlar kerak boʻladi. Shu tariqa 2018-2020 yillarda doimiy tarzda gilos import qilgan 93 ta mamlakatdan koʻrib chiqish uchun faqat 21 tasini qoldiramiz. Bu bozorlar hajmi biz belgilagan mezonlarga mos keladi.

2018-2020 yillarda dunyoda eng koʻp gilos import qilgan mamlakatlar (AQSH dollari hisobida)

Mamlakat/Davr

2018

2019

2020

Ortacha

Xitoy

1303422426

1398665870

1643550852

1448546383

Germaniya

162239600

166682598

187896125

172272774

Koreya Respublikasi

163096014

136757633

140747873

146867173

Kanada

124032829

125203371

149058288

132764829

Rossiya Federatsiyasi

116816064

129323344

150978343

132372584

AQSH

80619119

67359051

78283146

75420439

Avstriya

35156574

42339052

75438740

50978122

Yaponiya

34794191

39442418

45131789

39789466

Italiya

23264692

34601589

42181570

33349284

Vyetnam

21235066

37036628

41613258

33294984

Niderlandiya

29855264

36421522

30706498

32327761

Fransiya

24637490

32799760

24450575

27295942

Belgiya

20589693

17856830

14306013

17584179

Shimoliy Makedoniya

9596

48720177

111624

16280466

Avstraliya

19536855

15457864

10250076

15081598

Shveytsariya

10240551

19682663

15264332

15062515

Tailand

15981367

6706132

20095050

14260850

Braziliya

12870097

15814075

12432592

13705588

Shvetsiya

11755406

12540022

12368532

12221320

Norvegiya

11249148

10489523

10790925

10843199

Belarus

15321300

8561100

7059200

10313867

Manba: Jadval UN Comtrade ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

Ikkinchi filtr  bozorning kengayishini tadqiq qiladi.

Bozori soʻnggi yillarda qisqargan mamlakatlarni chiqarib tashlash uchun kengayib borayotgan bozorlarni belgilab olish zarur. Saralab olingan bozorlar uchun soʻnggi yillardagi ichki savdodagi oʻrtacha oʻsish sur'atini koʻrib chiqamiz. Ma'lum bir mezonlar asosida bozorlarni tizimli tarzda chiqarib tashlayveramiz (masalan, ushbu bozorlardagi oʻratcha oʻsish 5% dan oshmasa). Oʻsish mezonlari tovarning tabiatiga bogʻliq. Biznes-siklning ta'sirini kamaytirish uchun nisbatan uzoq vaqt oraligʻidagi oʻrtacha oʻsishni olish muhim ahamiyatga ega. Soʻngra korxona bozorlardagi oʻrtacha oʻsish sur'atlarini koʻrib chiqishi, ayrim holatlarda uzoq muddatli manfiy oʻsishga ega bozorlarni shunchaki chiqarib tashlashi lozim. 

Shunday qilib, gilos bozoriga qaytamiz. Endi kelgusi yillar uchun eng yaxshi tendensiya va prognozni olish uchun soʻnggi yillarda oʻrtacha pasayishga ega boʻlgan yana 7 ta bozorni chiqarib tashlash mumkin. Bozori juda beqaror boʻlgani uchun Shimoliy Makedoniyani ham chiqarib tashlasak boʻladi.

Saralab olingan mamlakatlarda 2018-2020 yillarda gilos importining oʻsish sur'atlari (foiz hisobida)

Mamlakat/Davr

2019

2020

O‘rtacha

Xitoy

7,3

17,5

12,4

Germaniya

2,7

12,7

7,7

Koreya Respublikasi

-16,1

2,9

-6,6

Kanada

0,9

19,1

10,0

Rossiya Federatsiyasi

10,7

16,7

13,7

AQSH

-16,4

16,2

-0,1

Avstriya

20,4

78,2

49,3

Yaponiya

13,4

14,4

13,9,

Italiya

48,7

21,9

35,3

Vyetnam

74,4

12,4

43,4

Niderlandiya

22,0

-15,7

3,2

Fransiya

33,1

-25,5

3,8

Belgiya

-13,3

-19,9

-16,6

Shimoliy Makedoniya

507613,4

-99,8

253756,8

Avstraliya

-20,9

-33,7

-27,3

Shveytsariya

92,2

-22,4

34,9

Tailand

-58,0

199,7

70,8

Braziliya

22,9

-21,4

0,7

Shvetsiya

6,7

-1,4

2,7

Norvegiya

-6,8

2,9

-1,9

Belarus

-44,1

-17,5

-30,8

Manba: Jadval UN Comtrade ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

Misolimizda Avstriya yetakchilik qilmoqda. Uning importi yiliga oʻrta hisobda 49,3% oʻsayapti. Undan keyingi oʻrinlarni Vetnam, Italiya, Shveysariya, Yaponiya va boshqa mamlaktalar egallaydi. Niderlandiya, Fransiya, Shveysariya, Braziliya i Shvetsiya – bular yirik bozorlar, biroq ular 2020 yilda qisqardi. Shuning uchun bunday bozorga kirish maqsadga muvofiqmi, degan savol tugʻiladi.

Bozorga kirish shartini uchinchi filtr sifatida koʻrib chiqamiz.

Bozorga tarifsiz kirishdagi cheklov tovaringizni qimmat qilib yuboradi va uni bozorda sotish ham qiyin boʻladi. Shuning uchun siz kirish osonroq boʻlgan bozorni qidirasiz. Bozorlarni bundan keyingi saralash savdo uchun yuqori tariflar, qat’iy texnik qoidalar yoki standartlar kabi toʻsiqlarning qiyinligiga asoslanadi. Korxona bunday talablarga rioya qilmayotgan boʻlishi yoki rioya qilish juda qimmatga tushishi mumkin.

Til yoki toʻgʻridan-toʻgʻri transport aloqasi kabi mezonlar ham savdo yoʻlidagi toʻsiqlardir.

Bozorga kirish sharti mezonlari avvalgi filtrlarga qaraganda unchalik aniq emas. Chunki u koʻproq aniq bir korxonaga bogʻliq. Masalan, korxona ma'lum standartlarga mos kelsa, xavfsizlik standartlari va mehnat gigiyenasi toʻsiq boʻla olmaydi. Yevropa Ittifoqi bozori bilan bogʻliq holatda barcha tariflar va talablar bir xil.

Demak, misolimizga qaytamiz. Dastlab qaysi mamlakatlarga Oʻzbekistondan gilos eksport qilish uchun ruxsat berilganini koʻrib chiqamiz. Bu haqidagi ma'lumotni Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining sayti (https://karantin.uz/uz/export) yoki uning telegram kanali (https://t.me/uzdavkarantinuz) dan olish mumkin. Shunga koʻra, Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari, Misr, Hindiston, Xitoy, Myanma, Janubiy Koreya, Gana, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarga gilos eksport qilishimiz mumkin.

Saralab olingan mamlakatlar orasidan Kanada, Yaponiya, Vetnam, Braziliya va Shveysariyani ham chiqarib tashlaymiz.

Misolimizda bozorga chiqishning muhim shartlaridan biri boʻlgan yuk tashish qiymatini ham koʻrib chiqamiz. U narx va bozorga chiqishning osonligiga ta’sir qiladi. Transport xarajatlari joʻnash va yetib borish punktlari oraligʻidagi masofa uchun kilometrda koʻrsatilgan.

Yoʻl boʻyicha har qanday ikki shahar oʻrtasidagi masofani koʻrsatadigan masofa kalkulyatoridan foydalangan holda yana 3 ta mamlakat – Niderlandiya, Fransiya va Italiyani chiqarib tashlaymiz. Shu tariqa beshta asosiy nomzod – Xitoy, Germaniya, Rossiya, Avstriya va Shvetsiya qoladi. 

Toshkentdan saralab olingan mamlakatlarning poytaxtlarigacha boʻlgan masofa (km)

Shahar

Masofa, km

Xitoy, Pekin sh.

3937,40

Germaniya, Berlin sh.

4303,11

Rossiya, Moskva sh.

2792,38

Avstriya, Vena sh.

4160,01

Italiya, Rim sh.

4628,04

Niderlandiya, Amsterdam sh.

4875,72

Fransiya, Parij sh.

5147,40

Shvetsiya, Stokgolm sh.

4016,35

Manba: Jadval https://ru.distance.to/ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

Endi kuchli raqobat mavjud boʻlgan yoki taklif etiladigan narxlar juda past bozorlarni ham chiqarib tashlash uchun soʻnggi, toʻrtinchi filtr – raqobatni koʻrib chiqamiz. Bu bosqichda har bir bozordagi tovar narxlari raqobat darajasining koʻrsatkichi boʻladi. Oʻz-oʻzidan ma'lumki, balandroq narx taklif qilgan bozorda sotgan yaxshiroq.

Qolgan beshta bozordagi CIF import narxlarini hisoblab chiqamiz. Agar barcha bozorlarni batafsil oʻrganish uchun kompaniyaning resurslari yetarli boʻlmasa, tahlil asosida unga bitta bozorni qoldirishni taklif qilamiz. Bizning misolimizda Xitoyda gilosga nisbatan CIF import narxi eng yuqori, aniqrogʻi bir kilogrammi uchun 7,3 dollar.  Boshqa bozorlardagi narxlar bilan ham taqqoslab koʻrish mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, bu narxga yana ustama narx, qoʻshimcha tariflar va QQS ham qoʻshiladi.

2018-2020 yillarda gilosning CIF narxlari (kg. AQSH dollarida)

Mamlakat/Davr

2018

2019

2020

O‘rtacha

Xitoy

7,0

7,2

7,8

7,3

Germaniya

3,6

3,4

3,8

3,6

Rossiya Federatsiyasi

1,4

1,7

1,7

1,6

Avstriya

3,9

3,7

4,0

3,9

Shvetsiya

3,9

3,4

3,8

3,7

Manba: Jadval UN Comtrade ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

Shuni qayd etish joizki, Oʻzbekiston tahlil etilayotgan yillarda Xitoyga gilosning kilogrammini oʻrtacha 5,4 dollardan sotgan. Garchi u Xitoyga yetkazib berilgan gilosning oʻrtacha narxidan pastroq boʻlsa ham koʻrib chiqilgan boshqa bozorlardagidan yuqori.

Rezyume – Oʻzbekistondan gilos eksport qilishning eng yaxshi imkoniyati.

Shunday qilib, imkoniyatlarni skanerlash usulimizga asoslangan holda korxonalar Xitoy bozoriga gilos eksport qilish yuzasida chuqurroq tadqiqotlarni oʻtkazishi lozim, deb hisoblaymiz. Chunki bu oʻrtacha import hajmi 1,4 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan dunyodagi eng katta bozor. 100 ming dollarlik eksport savdosiga erishishi uchun korxonaga Xitoy bozorining bor-yoʻgʻi 0,007 % i kerak.

Boz ustiga bu soʻnggi 2 yildan buyon yiliga oʻrta hisobda 12,4 % oʻsish qayd etilayotgan dunyodagi eng katta bozorlardan biri. Bu ham yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi.

Transport xarajatlari Rossiyaga eksport qilgandagiga qaraganda koʻproq boʻladi, ammo narx ham 4,5 baravar yuqori, ya'ni bir kilogrammi uchun 7,3 AQSH dollari.

Bu oddiy usuldan foydalanilgan haqiqatga yaqin tahlil. U mamlakatni oʻylamasdan tavakkal tanlaganga qaraganda juda yaxshi natija beradi, lekin bu bilan eng yaxshi bozorni shu tarzda tanlaymiz yoki eksport qiluvchi boshqa bozorlarga mahsulot sota olmaydi, demoqchi emasmiz. Ammo resurslarimiz (pul mablagʻi hamda vaqt) cheklangan ekan, bu dastlabki imkoniyatlarni skanerlashdan keyin eng yaxshi istiqboldek koʻrinadi.

Mazkur tahlil Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalanadigan “Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirishga qaratilgan axborot platformasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni boshlayotgan eksportchilarga eksport faoliyati asoslari va meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirishning samarali mexanizmini yaratish boʻyicha ta’lim olishni taklif qilishi mumkin.

 

Darya Ilina,
PMTI loyiha rahbari