Zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi yoki hokimiyatning inqilobiy yo‘l bilan almashinishi iqtisodiyotning keyingi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Stokgolm o‘tish davri iqtisodiyoti instituti dotsenti va iqtisodchisi Erik Meyersson[1] o‘z tadqiqotida quyidagi xulosaga kelgan:
- demokratik mamlakatlarda hokimiyatni kuch bilan egallash yo‘lidagi muvaffaqiyatli urinishlar odatda keyingi o‘n yillikda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘sish sur’atining yiliga 1-1,3% ga pasayishi bilan bog‘liq;
- to‘ntarishlar istiqbolli iqtisodiy islohotlarning, ayniqsa moliya sektorida, to‘xtab qolishiga olib keladi;
- demokratik davlatlarda investitsiyalar oqimining kamayishi, ta’lim darajasining pasayishi va bolalar o‘limining oshishi bilan muvaffaqiyatli to‘ntarishlar o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro bog‘liqlik mavjud.
Meyerssonning ta’kidlashicha, davlat to‘ntarishlari bilan bog‘liq noto‘g‘ri tushunchalardan biri - bu ular uzoq vaqt davom etgan iqtisodiy tanazzuldan keyin sodir bo‘ladi, degan qarashdir. Bu ta’kid ko‘pincha avtoritar mamlakatlar bilan bog‘lq, ammo demokratik mamlakatlarga taalluqli emas. Demokratik mamlakatlarda tartibsizliklar odatda sezilarli iqtisodiy o‘sish davridan keyin sodir bo‘ladi. Ushbu holat 1973 yilda Chilida va 1980 yilda Turkiyada kuzatilgan.
Tadqiqotchi Melise Jaud “O'sish va siyosiy o'zgarishlar: o'tish davrining qancha davom etishi hal qiluvchi ahamiyatga ega”[2] nomli tadqiqotida o'xshash xulosalarga keldi:
- To‘ntarish sodir bo‘lgan yilda YaIM ning aholi jon boshiga ulushi odatda 7-11%ga qisqaradi.
- to‘ntarish cho‘zilib ketgan holatlarda, iqtisodiy pasayish 21% gacha yetishi va uzoq vaqt davom etishi mumkin.
- siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar keskin ravishda sodir bo‘ladi, buning natijasida investorlar, ish beruvchilar va iste’molchilar o‘z mablag‘larini xavf ostiga qo‘yishni emas, balki bu jarayon qanday yakunlanishini kutishni afzal ko‘radi. Bu esa mamlakatda investitsiya faolligining pasayishiga olib keladi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) inqiloblar va davlat toʻntarishlari (Arab bahori, Rangli inqilob va boshqalar) ro‘y bergan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatning oʻzgarishini tahlil qildi. Tahlil asosida quyidagi natijalar olinadi:
- inqiloblar va hokimiyatning kuch bilan almashtirilishi iqtisodiyot o‘sishning sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi;
- Inqilobdan keyin iqtisodiyotdagi ma’lum yutuqlar yangi hukumat siyosatining faqat bir qismi bo‘lib, muayyan vazifalarga mos keladi, lekin ayni paytda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilashda yordam bermaydi.
- YaIMning o‘sish sur’ati va YaIMning aholi jon boshiga ulushi kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar eng katta salbiy ta’siriga uchraydi.
- barqaror bo‘lmagan ichki vaziyat to‘g‘ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimining, shuningdek, mamlakat ichki investitsiya salohiyatining pasayishiga olib keladi;
- Inqilobdan keyingi davrda davlat siyosatida tez-tez uchraydigan hodisa bu byudjet xarajatlarining, xususan, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlarning qisqartirilishidir.
Tahlil davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da), davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da), toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi (YaIMga nisbatan %da), yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) kabi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar asosida oʻtkazildi. Aholi jon boshiga YaIM ulushining yillik o‘sish sur’ati (%), yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da), yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da), iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%), YaIM deflyatori bo‘yicha yillik inflyatsiya (%).
Arab bahorining iqtisodiy oqibatlari: (1-jadval)
- Barcha mamlakatlarda 2000-2010 yillardagi o‘rtacha qiymatga nisbatan ham o‘rta muddatli (2011-2015), ham uzoq muddatli (2011-2020) davrda inflyatsiyaning kuchli o‘sishi kuzatildi. Xususan, iste’mol narxlarining o‘rtacha inflyatsiyasi 0,3 foiz punktidan (f.p.) 15,9 f.p. gacha, yalpi ichki mahsulot deflyator inflyatsiyasi esa 0,6 f.p.dan 21,4 f.p. gacha o‘sdi.
Barcha mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati inqilobdan oldingi davrdagiga nisbatan pasaydi (1-diagramma). Ayrim mamlakatlarda bu ko‘rsatkich hatto salbiy qiymatga yetdi. Shu bilan bir qatorda, o‘rta muddatli istiqbolda YaIM o‘sish sur’atlarining eng kichik pasayishi 0,5 f.p.ni, uzoq muddatli istiqbolda esa 1,4 f.p.ni tashkil etdi. O‘rta muddatli istiqbolda eng katta pasayish 17,4 f.p.ni, uzoq muddatli istiqbolda esa 11,9 f.p.ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga YaIM ulushining o‘sish sur’atiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi va o‘rta muddatli istiqbolda 0,8 f.p.dan 11,7 f.p.gacha, uzoq muddatli istiqbolda esa 1,6 f.p.dan 9,8 f.p.ga pasaydi.
- 2008-2009 yillardagi inqiroz davridayoq mintaqaga kiritilayotgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi pasaya boshlagandi. “Arab bahori” esa salbiy ta'sirni yanada oshirdi. 2011-2015 yillarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning YaIMga nisbatan ulushi 2000-2010 yillardagiga qaraganda 0,8 f.p. dan 4,9 f.p. gacha, 2011-2020 yillarda esa 0,2 f.p. dan 5,5 f.p. gacha kamaygan.
- Mintaqa mamlakatlarining ichki investitsiya salohiyati ham pasayib ketgan. Bu yalpi kapitalning shakllanishi va yalpi jamg'arma kabi ko'rsatkichlarning YaIMga nisbatan ulushining pasayishi bilan izohlanadi. O'rta va uzoq muddatli davrlarda kapitalning yalpi shakllanishi ulushining eng quyi pasayishi mos ravishda 0,1 f.p. va 1,1 f. p. darajasida, eng yuqori pasayish esa mos ravishda 3,9 f.p. va 3,5 f.p.da qayd etilgan.
Yalpi jamg'arma, o'z navbatida 2011-2015 yillarda va 2011-2020 yillarda eng kam pasayisgan va mos ravishda 4,3 f.p. va 3,9 f.p.ga, eng ko‘pi bilan esa mos ravishda 8,6 f.p. va 12,1 f.p.ga kamaygan.
- Davlat siyosati Markaziy hukumat qarzini oshirish va davlat xarajatlarini qisqartirishga qaratildi va buning oqibatida ijtimoiy masalalarni moliyalashtirishning qisqarishiga olib keldi.
1-diagramma. Arab dunyosida YaIMning o‘sish sur’atlari (%)
Manba: Jahon banki ma'lumotlar bazasidan hisoblangan.
Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlar ham inqilobning inqilobning salbiy ta'sirini boshdan kechirgan. Natijada, ushbu hududlarida sodir bo'lgan "rangli inqiloblar" iqtisodiy o'sish sur'atlarining ham sekinlashishiga, ham pasayishiga sabab bo’ldi.
Rangli inqiloblarning iqtisodiy oqibatlari (2-jadvalga qarang):
- Ukraina iqtisodiyoti eng katta salbiy ta'sirni boshdan kechirdi. 2014 yilda uning hududida bo'lib o'tgan yevromaydan keyinchalik ko'rib chiqilayotgan barcha ko'rsatkichlaningr (davlat xarajatlarining YaIMdagi ulushi bundan mustasno) o'rta muddatli (2014-2015) va uzoq muddatli istiqbolda ( 2014-2020) sezilarli darajada yomonlashuviga olib keldi: 4,9 f.p.dan. 35,1 f.p gacha
- eng kam qisqa muddatli ta'sir Gruziya iqtisodiyotida kuzatildi: iste'mol inflyatsiyasi va YaIM deflyatori inflyatsiyasi oshdi (o'sish mos ravishda 3,2 f.p va 3,3 f.p. ni tashkil qildi). Shu bilan birga, uzoq muddatli ta’sir ancha katta bo'ldi va ichki investitsiya imkoniyatlarining yomonlashishiga va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushining o'sish sur'atlari pasayishiga olib keldi.
- Moldova iqtisodiyoti uzoq muddatli istiqbolda inqilob ta'sirining bir qismini o'rta muddatli istiqbolga nisbatan yumshata oldi. Shunday qilib, agar o'rta muddatli istiqbolda YaIM deflyatori bo'yicha inflyatsiyaning o'sishi kuzatilgan bo'lsa, uzoq muddatda bu ko'rsatkich inqilobdan oldingidan pastroq qiymatlarni ko'rsatdi.
- Armaniston rangli inqilob boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha kech sodir bo'lgan mamlakatdir (2018). Shuning uchun uning uzoq muddatli ta'siri hali baholanmagan. Biroq so‘nggi uch yil ichida mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot o‘sishi (-2,2 f.p.) va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushining ortishi (-2,1 f.p.), to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sof tushumlari ulushining yalpi ichki mahsulotga nisbatan (-2,4 f.p.) kamayishi kabi o‘zgarishlar allaqachon sodir bo‘ldi va ichki investitsiya salohiyati (yalpi kapital shakllanishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushining 5,1 foizga va yalpi jamg‘armalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining 1,7 foizga kamayishi), shuningdek, davlat xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1,5 foizga kamaygan.
Markaziy Afrika Respublikasi (CAR), Mali va Gonduras kabi mamlakatlarning qo'shimcha tajribasi (3-jadvalga qarang) inqiloblar va hokimiyat almashinuvi sezilarli iqtisodiy pasayishga olib kelishini ko'rsatadi. Bu, ayniqsa, YaIMning qisqarishi va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushining o‘sish sur’ati qariyb 14 f.p. gacha pasayishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ichki vaziyatning beqarorligi tufayli ham tashqi investitsiyalar, ham ichki investitsiya salohiyati pasayib bormoqda. Ko'pincha hukumat tomonidan olib boriladigan davlat siyosati byudjetdan o'z xarajatlarini qisqartirishni boshlaydi. Bu pensiyalar, nafaqalar, ish haqi va boshqa subsidiyalar uchun to'lovlarning imkoni boricha qisqarishiga olib keladi.
Ilovalar
1-jadval. “Arab bahori” mamlakatlari iqtisodiy ko'rsatkichlarining o'zgarishi.
Eslatma: Salbiy tendensiyalar qizil rang bilan belgilangan
|
|
2000-2010 yy.
|
2011-2015 yy.
|
2011-2020 yy.
|
2011-2015 yy. ning
|
2011-2020 yy. ning
|
Marokash |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
51,9 |
55,6 |
55,6 |
3,8 |
3,8 |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
25,6 |
27,9 |
26,5 |
2,3 |
0,9 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
2,8 |
3,0 |
2,7 |
0,1 |
-0,2 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,7 |
4,0 |
2,5 |
-0,7 |
-2,2 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,4 |
2,6 |
1,0 |
-0,9 |
-2,4 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
31,3 |
33,8 |
32,8 |
2,5 |
1,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
31,5 |
27,1 |
27,6 |
-4,3 |
-3,9 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiyasi (%) |
1,8 |
1,2 |
1,1 |
-0,6 |
-0,7 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
1,4 |
0,7 |
0,9 |
-0,7 |
-0,5 |
Tunis |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
50,0 |
42,5 |
42,5 |
-7,5 |
-7,5 |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
26,1 |
33,3 |
33,3 |
7,3 |
7,3 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
3,7 |
2,1 |
2,0 |
-1,6 |
-1,7 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,3 |
1,6 |
0,6 |
-2,7 |
-3,7 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,3 |
0,6 |
-0,4 |
-2,7 |
-3,8 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
24,3 |
24,1 |
23,2 |
-0,1 |
-1,1 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
21,1 |
15,1 |
13,6 |
-5,9 |
-7,5 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiyasi (%) |
3,1 |
4,4 |
5,1 |
1,4 |
2,0 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
4,0 |
4,6 |
5,3 |
0,6 |
1,3 |
Livan |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
29,1 |
25,7 |
26,5 |
-3,4 |
-2,7 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
11,1 |
6,2 |
5,5 |
-4,9 |
-5,5 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
5,4 |
2,1 |
-1,8 |
-3,3 |
-7,2 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
2,8 |
-3,5 |
-5,0 |
-6,2 |
-7,8 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
22,9 |
25,3 |
20,9 |
2,4 |
-2,0 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
4,3 |
-0,7 |
-0,8 |
-5,0 |
-5,1 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
2,6 |
2,9 |
11,2 |
0,3 |
8,6 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
2,1 |
3,3 |
11,5 |
1,2 |
9,4 |
Suriya |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
0,4 |
1,3 |
1,3 |
0,8 |
0,8 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,8 |
-12,7 |
-7,2 |
-17,4 |
-11,9 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
2,0 |
-9,7 |
-4,9 |
-11,7 |
-7,0 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
16,3 |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
4,9 |
20,7 |
20,7 |
15,9 |
15,9 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
7,0 |
28,4 |
27,7 |
21,4 |
20,7 |
Jazoir |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
1,4 |
0,6 |
0,7 |
-0,8 |
-0,7 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,9 |
3,3 |
1,8 |
-0,5 |
-2,1 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
2,4 |
1,3 |
-0,2 |
-1,1 |
-2,5 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
33,3 |
43,4 |
45,3 |
10,1 |
12,0 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
53,0 |
44,3 |
40,8 |
-8,6 |
-12,1 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
3,3 |
4,9 |
4,5 |
1,6 |
1,2 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
8,9 |
3,8 |
2,8 |
-5,1 |
-6,1 |
Liviya |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
2,2 |
0,6 |
0,4 |
-1,7 |
-1,9 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,6 |
2,9 |
2,5 |
-1,6 |
-2,1 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,0 |
2,2 |
1,4 |
-0,8 |
-1,6 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
17,1 |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
54,4 |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
0,0 |
8,1 |
8,1 |
8,1 |
8,1 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
13,1 |
-3,2 |
-1,6 |
-16,4 |
-14,8 |
Misr |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
85,8 |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
28,9 |
30,6 |
30,6 |
1,7 |
1,7 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
3,7 |
1,2 |
2,0 |
-2,5 |
-1,8 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
5,0 |
2,7 |
3,6 |
-2,3 |
-1,4 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,1 |
0,4 |
1,5 |
-2,6 |
-1,6 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
18,9 |
15,1 |
15,4 |
-3,9 |
-3,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
20,1 |
13,0 |
12,5 |
-7,1 |
-7,6 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
7,9 |
9,4 |
11,9 |
1,5 |
4,0 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
7,9 |
12,2 |
13,1 |
4,3 |
5,2 |
Yaman |
|||||
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
1,7 |
-0,5 |
-0,8 |
-2,2 |
-2,5 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,5 |
-6,7 |
-5,9 |
-11,2 |
-10,4 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
1,5 |
-9,2 |
-8,3 |
-10,7 |
-9,8 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
10,7 |
12,1 |
12,1 |
1,4 |
1,4 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
12,6 |
17,4 |
15,0 |
4,8 |
2,5 |
2-jadval. “Rangli inqilobning” mamlakatlari iqtisodiy ko'rsatkichlarining o'zgarishi
Eslatma: Salbiy tendensiyalar qizil rang bilan belgilangan
Mamlakat |
Davr |
O‘zgarish |
|||
Gruziya |
2000-2003 yy.
|
2004-2005 yy.
|
2004-2010 yy.
|
2004-2005 yy. ning
|
2004-2010 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
63,8 |
39,5 |
32,3 |
-24,4 |
-31,5 |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
15,3 |
20,8 |
25,3 |
5,5 |
10,1 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
5,2 |
8,3 |
10,9 |
3,1 |
5,7 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
5,8 |
7,7 |
6,1 |
1,9 |
0,3 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
7,1 |
8,4 |
6,7 |
1,2 |
-0,4 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
28,6 |
32,2 |
27,1 |
3,5 |
-1,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
16,1 |
20,0 |
11,0 |
3,9 |
-5,1 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
3,8 |
7,0 |
7,3 |
3,2 |
3,5 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
4,9 |
8,2 |
8,0 |
3,3 |
3,1 |
Moldova |
2000-2008 yy.
|
2009-2010 yy.
|
2009-2015 yy.
|
2009-2010 yy. ning
|
2009-2015 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
44,6 |
24,8 |
21,7 |
-19,8 |
-22,9 |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
28,4 |
33,6 |
29,6 |
5,2 |
1,2 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
7,7 |
4,5 |
3,6 |
-3,3 |
-4,1 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
5,9 |
0,5 |
2,9 |
-5,4 |
-3,0 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
6,2 |
0,7 |
3,0 |
-5,5 |
-3,1 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
28,8 |
23,5 |
24,3 |
-5,3 |
-4,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
21,6 |
15,5 |
17,1 |
-6,1 |
-4,5 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
13,4 |
3,7 |
5,6 |
-9,7 |
-7,8 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
13,3 |
17,7 |
10,1 |
4,4 |
-3,2 |
Ukraina |
2000-2013 y.
|
2014-2015 y.
|
2014-2020 y.
|
2014-2015 yy. ning
|
2014-2020 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
33,5 |
67,0 |
68,6 |
33,5 |
35,1 |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
34,5 |
40,5 |
35,7 |
5,9 |
1,2 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
3,8 |
0,1 |
2,5 |
-3,7 |
-1,3 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,1 |
-9,9 |
-1,8 |
-13,1 |
-4,9 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,3 |
-5,3 |
-0,1 |
-9,6 |
-4,4 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
20,8 |
14,7 |
16,0 |
-6,2 |
-4,8 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
17,6 |
15,7 |
15,1 |
-1,9 |
-2,5 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
10,8 |
30,4 |
15,8 |
19,6 |
5,1 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
15,1 |
27,4 |
18,2 |
12,3 |
3,1 |
Armaniston |
2010-2017 yy.
|
2018-2020 yy.
|
2018-2020 yy. ning
|
|
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
|
|
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
23,4 |
21,9 |
-1,5 |
|
|
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
3,8 |
1,4 |
-2,4 |
|
|
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,0 |
1,8 |
-2,2 |
|
|
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,7 |
1,6 |
-2,1 |
|
|
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
24,5 |
19,4 |
-5,1 |
|
|
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
15,0 |
13,3 |
-1,7 |
|
|
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
3,8 |
1,7 |
-2,1 |
|
|
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
3,3 |
2,0 |
-1,4 |
|
|
3-jadval. Boshqa mamlakatlari iqtisodiy ko'rsatkichlarining o'zgarishi
Eslatma: Salbiy tendensiyalar qizil rang bilan belgilangan
Mamlakat |
Davr |
O‘zgarish |
|||
Markaziy Afrika Respublikasi |
2000-2012 yy.
|
2013-2015 yy.
|
2013-2020 yy.
|
2013-2015 yy. ning
|
2013-2020 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
12,4 |
8,8 |
9,1 |
-3,6 |
-3,3 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
1,9 |
0,2 |
0,5 |
-1,8 |
-1,5 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
3,2 |
-10,7 |
-1,9 |
-13,8 |
-5,0 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
1,4 |
-11,1 |
-3,0 |
-12,5 |
-4,4 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
10,9 |
17,1 |
21,4 |
6,2 |
10,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
3,3 |
7,8 |
4,9 |
4,5 |
1,6 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
2,7 |
5,7 |
4,0 |
3,0 |
1,3 |
Mali |
2000-2011 yy.
|
2012-2015 yy.
|
2012-2020 yy.
|
2012-2015 yy. ning
|
2012-2020 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
12,3 |
12,6 |
12,6 |
0,3 |
0,2 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
2,9 |
2,2 |
2,6 |
-0,7 |
-0,4 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
5,2 |
3,7 |
3,8 |
-1,5 |
-1,4 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
1,9 |
0,7 |
0,8 |
-1,2 |
-1,1 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
21,0 |
19,4 |
20,3 |
-1,6 |
-0,6 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
13,8 |
16,0 |
15,8 |
2,2 |
2,0 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
2,5 |
1,8 |
0,7 |
-0,7 |
-1,8 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
4,1 |
2,4 |
1,8 |
-1,7 |
-2,2 |
Gonduras |
2000-2009 yy.
|
2010-2015 yy.
|
2010-2020 yy.
|
2010-2015 yy. ning
|
2010-2020 yy. ning
|
Davlat qarzi (jami, YaIMga nisbatan %da) |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
m/yu |
Davlat xarajatlari (YaIMga nisbatan %da) |
21,2 |
23,1 |
23,1 |
2,0 |
2,0 |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof tushumi
|
5,7 |
6,1 |
5,6 |
0,4 |
-0,1 |
Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
4,5 |
3,6 |
2,5 |
-1,0 |
-2,0 |
Aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning yillik oʻsish sur’ati (%da) |
2,0 |
1,7 |
0,7 |
-0,4 |
-1,3 |
Yalpi kapital shakllanishi (YaIMga nisbatan %da) |
28,0 |
23,6 |
23,4 |
-4,4 |
-4,5 |
Yalpi jamg‘armalar (YaIMga nisbatan %da) |
21,1 |
16,7 |
18,7 |
-4,4 |
-2,4 |
Iste’mol narxlarida yillik inflyatsiya (%) |
8,2 |
5,2 |
4,5 |
-3,1 |
-3,7 |
YaIM deflyatori bo'yicha yillik inflyatsiya (%) |
6,8 |
5,2 |
4,6 |
-1,6 |
-2,3 |
