Bugungi kunda tobora ko'proq mamlakatlar qo'shni davlatlar bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga e'tibor qaratmoqda. Bu ayniqsa, mintaqalar doirasida kuchli namoyon bo'lmoqda. Mintaqalashuv deb ataladigan jarayon kuchaymoqda. Mintaqalashuv – bu mamlakatlarning tashqi sharoitlarga munosabatini aks ettirib, jahon bozorida o'z mavqeini mustahkamlash va mintaqadagi mavjud muammolarni birgalikda hal qilish imkoniyatidir.
Ushbu jarayon Markaziy Osiyo mamlakatlari (MO) uchun ham dolzarb. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda mintaqalashuv nafaqat iqtisodiy manfaatlar va tashqi omillar bilan bog'liq, balki tabiiy, boshqa so‘z bilan aytganda organik jarayondir. Mintaqa mamlakatlari birlashish uchun madaniyat va tarixning o'ziga xosligi, shuningdek, ularning barcha mamlakatlar hududida uchrashidan foydalanadi.
Ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlatirishga alohida e’tibor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimiga kirishishi bilan qaratila boshlandi. Sh. M. Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosat konstruktiv muloqotni tiklash, yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida o'zaro manfaatli sherikchilik o'rnatish imkonini berdi va davom etayotgan mintaqaviy o'zgarishlar tizimli va qaytarilmas tus oldi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari Hamkorlik indeksi asosida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanish darajasini hisoblab chiqdi.
Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:
1. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik indeksi 2021-yilda 38,4 foizni tashkil etdi, bu esa 2017-yildagiga nisbatan 9,9 foiz punktga ko'p deganidir.
2. Eng yirik o‘sish mintaqa mamlakatlari o‘rtasida bir – birining iqtisodiyotiga investitsiy kiritishida kuzatildi/ Bu yo‘nalishda 5,6 barobar o'sish qayd etildi.
3. Mintaqa mamlakatlarining umumiy tovar aylanmasida mintaqa miqyosidagi ichki tovar aylanmasining ulushi 1,5 barobar o‘sdi
4. Mintaqaviy turizm Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tomonidan afzal ko'rilgan barcha sayyohlik yo'nalishlarining 80 foizini tashkil qiladi.
5. Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdo qiymati boshqa savdo sheriklarinikiga qaraganda o'rtacha 4 barobar past.
6. Mintaqadagi ichki migratsiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga ish va yashash uchun kiradigan fuqarolar umumiy sonining 15,3 foizini tashkil qiladi.
.jpg)
Mamlakatlar o'rtasidagi integratsiya jarayoni va kooperatsiya aloqalari haqida so‘z borganda, odatda birinchi navbatda, mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yoki qo'shma loyihalarni amalga oshirish ko‘rib chiqiladi. Biroq, bu ko'rsatkichlar alohida-alohida holatda Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy ichki kooperatsiyani rivojlantirish borasida qanday natijaga erishganligini to‘liq aks ettira olmaydi.
Buning uchun Markaziy Osiyodagi hamkorlik indeksini hisoblab chiqildi. Ushbu indeksni hisoblashda savdo aylanmasi, investitsion oqimlar, savdo qiymati, turistik va migratsiya oqimlari kabi ko'rsatkichlar asos qilib olinadi. Ushbu ko'rsatkichlarning jamlangan tahlili mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya darajasini baholash imkonini beradi.
Indeksni tahlil qilish mintaqadagi ichki hamkorlik mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarning umumiy jarayondagi ulushi sifatida baholanadi. Masalan, ushbu mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasida mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi tovar aylanmasining ulushi kabi ko‘rsatkichlar.
1-izoh. Markaziy Osiyo hamkorlik indeksining tarkibiy ko'rsatkichlarini hisoblashda uslubiy yondashuvlar.Tovar aylanmasi - O'zaro tovar aylanmasining Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy Tovar aylanmasidagi ulushi (MO + Dunyo).Savdo qiymati yoki Trade Cost – O‘zaro savdo qiymati o'rtacha darajasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining qolgan savdo sheriklari bilan savdo qiymati o'rtacha darajasidagi ulushi.Investitsiya oqimlari – Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar kiruvchi va chiquvchi oqimining umumiy (MO + Dunyo) to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimidagi ulushi.Turistik oqimlar – Mamlakatga Markaziy Osiyo davlatlaridan kiradigan sayyohlar sonining umumiy (Markaziy Osiyo +dunyo) kiruvchi sayyohlar sonidagi ulushi.Migratsiya oqimlari - yil o'rtalarida mamlakatda bo'lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan xalqaro muhojirlarning barcha mamlakatlardan kelgan xalqaro muhojirlar umumiy sonidagi ulushi. |