Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mintaqaviy eksportning Germaniya bozoriga yo‘naltirilishini baholadi.
Tadqiqotda RCA (Revealed comparative advantage – Aniqlangan qiyosiy ustunlik) va HHI (Herfindahl–Hirschman index – Xerfindal Xirshman indeksi) indekslari yordamida raqobat ustunligini aniqlash va eksportni hududiy diversifikatsiya qilish mezonlaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Germaniya bozorida eksportning raqobat ustunligiga ega bo‘lgan (RCA ≥ 1,000) to‘qimachilik mahsulotlari (2022-yilda 16,6%), kiyim-kechak (15,7%), kimyoviy o‘g‘itlar (12,6%), sabzavot va mevalar (7,2%), rangli metallar (6,9%), noorganik kimyoviy moddalar (3,1%) talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar hisoblanadi.
Malumot uchun: Germaniya O‘zbekiston uchun o‘zlashtirilayotgan yangi bozor hisoblanadi. 2018-2022 yillar oralig‘ida O‘zbekiston tovarlari eksporti 1,7 barobardan ko‘proqqa oshdi va 2022-yilda 88,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (mamlakat eksportining 0,5 foizi).
Hududiy tovar tuzilmasini baholash yuqoridagi tovarlar bo‘yicha hududiy eksportning quyidagi xususiyatlarini aniqlashga imkon berdi:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish tufayli Buxoro, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax, Toshkent viloyatlarida eksportning jadal o‘sishiga (2018-2022 yillar) erishildi. Shu bilan birga, Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari mahalliy tovarlarni Germaniya bozoriga eksport qiluvchi yetakchi hududlar (Germaniyaga eksport qilinadigan tovarlarning ½ qismidan ko‘prog‘i) hisoblanadi.
2. Eksportning nisbiy hududiy diversifikatsiyasiga ega bo‘lgan guruhga (eksport konsentratsiyasi indeksi – ECI => 0) to‘qimachilik iplari, matolar, tayyor mahsulotlar (0,371), kiyim-kechak (0,454), sabzavot va mevalar (0,387) kiradi:
-
to‘qimachilik mahsulotlari (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari) va kiyim-kechak (Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari) eksport qiluvchi hududlar iqtisodiyoti aholining tadbirkorlik faoliyati fonida paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashuvi bilan ajralib turadi.
Jadval
Germaniya uchun eng jozibador bo‘lgan o‘zbek tovarlari guruhi
Tovarlar va xizmatlarning nomlanishi |
Mahsulot ulushi (%) |
Hududiy konsentratsiya,ECI |
Raqobat ustunligiga ega hududlarRCA ≥ 1,000 |
|
|
|
|
|
||||
Eksportning nisbiy hududiy diversifikatsiyasi |
|
|
|||
To‘qimachilik iplari, gazlamalar, tayyor mahsulotlar |
16,6 |
0,371 |
Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm |
|
|
Sabzavot va mevalar |
7,2 |
0,387 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm |
|
|
Kiyim-kechak |
15,7 |
0,454 |
Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent |
|
|
Eksportning nisbiy hududiy konsentratsiyasi |
|
|
|||
Rangli metallar |
6,9 |
0,714 |
Toshkent vil., Toshkent sh. |
|
|
O‘g‘itlar |
12,6 |
1,000 |
Toshkent sh. |
|
|
Noorganik kimyoviy moddalar |
3,1 |
1,000 |
Toshkent sh. |
|
|