Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi Economist Intelligence Unit tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, har yili yangidan tuziladi. 2022-yilning 20-sentyabrida indeksning o'n birinchi nashri chiqdi. GFSI 113 mamlakatda oziq-ovqatning hamyonbopligi, mavjudligi, sifati va xavfsizligi, shuningdek, tabiiy resurslar va barqarorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston GFSI 2022 da 113 ta mamlakat ichida 73-o‘rinni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 23 ta davlat orasida maksimal mumkin bo‘lgan 100 balldan 57,5 ball to‘plagan holda, 16-o‘rinni egalladi. Bu, indeks ishlab chiquvchilari ma’lumotlari bo‘yicha, O'zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi zaif mamlakatlar toifasidan oziq-ovqat xavfsizligi mo‘tadil mamlakatlar toifasiga o‘tish imkonini berdi.
Keling, 2019-2022 yillarda GFSI reytingida O‘zbekistonning o‘rni qanday o‘zgarganini batafsil ko‘rib chiqaylik.
1-jadval.2019-2022 yillarda GFSI indeksi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10ta mamlakat |
||||
2022 |
|
2019 |
2022 |
|
o‘rin |
|
Ball |
Ball |
Δ |
73 |
O'zbekiston |
51.4 |
57.5 |
+6,1 |
=41 |
Saudiya Arabistoni |
65,0 |
69.9 |
+4,9 |
29 |
Bolgariya |
68.2 |
73,0 |
+4,8 |
88 |
Ruanda |
47,0 |
50.6 |
+3,6 |
58 |
Gvatemala |
59.7 |
62.8 |
+3.1 |
=108 |
Madagaskar |
37.6 |
40.6 |
+3,0 |
54 |
Argentina |
62.3 |
64.8 |
+2,5 |
18 |
Kosta-Rika |
74.9 |
77.4 |
+2,5 |
71 |
Ukraina |
55.5 |
57.9 |
+2,4 |
4 |
Fransiya |
77.9 |
80.2 |
+2,3 |
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan https://impact.economist.com/sustainability/project/food-security-index |
||||
Birinchi navbatda, reyting mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta muvaffaqiyatga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi va shu davrda o‘z ko‘rsatkichini 6,1 pog‘onaga yaxshiladi. Bu esa mamlakatga umumiy reytingda 85-oʻrindan 73-oʻringa koʻtarilish imkonini berdi (1-jadval ).
Tahlil etilayotgan davrda O‘zbekistonning asosiy yutuqlari qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish joiz:
“Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” toifasida O‘zbekiston 18 pog‘ona ko‘tarildi. Bu quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholarning yaxshilanishi bilan bog'liq:
-
Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha qiymatining o‘zgarishi – O‘zbekiston yillik oziq-ovqat iste’mol narxlari indeksini 2018-yildagi 20,1 foizdan 2021-yilda 14,3% gacha yaxshilagan holda 9 pog‘ona yuqori ko‘tarildi,;
-
Qishloq xo'jaligi savdosi – O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z o‘rnini 51 pog‘onaga ko‘tardi. Bunga qishloq xo'jaligi mahsulotlari importi o'rtacha tarifining 2015-yildagi 19,1 foizdan 2020-yilda 11,4% gacha pasaytirilishi, shuningdek, savdo erkinligi ko'rsatkichlarining yaxshilanishi hisobiga erishildi.
Tahlil etilayotgan davrda “Sifat va xavfsizlik” toifasida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 3 pog‘onaga yaxshiladi. Ushbu o'sish quyidagi ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi tufayli ta’minlandi:
-
Oqsil sifati – aholining oziq-ovqat ratsionida yuqori sifatli oqsil miqdorini 2011-2013 yillardagi 62,5 gr dan 2016-2018 yillarda 71,4 gr gacha ko‘paitirish orqali O‘zbekiston o‘z o‘rnini 10 pog‘onaga oshirdi;
-
Parhez xilma-xilligi – O‘zbekiston o‘z mavqeini 6 pog‘onaga yaxshiladi. Bunga aholining shakar iste'molini kamaytirishi orqali erishildi. Shakarni iste'mol qilish ulushi 2018-yildagi 7,1% dan 2019-yilda 6,1% ga tushdi;
-
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi – bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 3 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu muvaffaqiyatga oziq-ovqat xavfsizligi mexanizmlari ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi sabab erishildi.
“Barqarorlik va moslashish” toifasida reyting ishlab chiquvchilari O‘zbekiston uchun ballni yaxshilab, unga 11,8 ball qo‘shgan. Bu esa O‘zbekistonga 2019-2022 yillarda ushbu toifa bo‘yicha reytingda 36 pog‘onaga ko‘tarilish imkonini berdi. Baholashning o‘zgarishi ikkita ko‘rsatkichning yaxshilanishi bilan bog‘liq:
-
Moslashishga siyosiy yondashuv – O‘zbekiston o‘z o‘rnini 23 pog‘ona ko‘tardi. Bunga iqlim bilan bog‘liq moliyalashtirish oqimlarining 2016-yildagi aholi jon boshiga 4,27 dollardan 2019-yilda 66,4 dollarga oshgani, shuningdek, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi orqali erishildi.
-
Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish – O‘zbekiston o'z o‘rnini 37 pog‘onaga yaxshiladi. Bunga mahalliy boshqaruv organlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha milliy strategiyalarga muvofiq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha mahalliy strategiyalarni qabul qilish va amalga oshirishga 2018-yildagi harakatsizlikdan 2021-yilda 100% jalb etilishi tufayli erishildi.