PMTI ekspertlari Oʻzbekiston erkin iqtisodiy zonalaridagi mahsulot ishlab chiqarish sifati va sur’atini baholadi.
Erkin iqtisodiy zonalar o‘ziga xos xo‘jalik tuzilmalari sifatida dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga mustahkam kirib keldi va O‘zbekistonda ham faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ilg'or sanoat ishlab chiqarishi talablariga qay darajada javob berishi, ya'ni progressiv ekanligi, inqirozli 2020-yilda mahsulot ishlab chiqarishdagi o'zgarishlar nimaning hisobiga ro‘y bergani va bugungi kunda EIZ uchun qanday imkoniyatlar ochilayotganligini aniqlash kerak.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) 2019-2020 yillarda O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalaridagi sanoat ishlab chiqarishining progressivligi, ularni rivojlantirishning omillari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.
Olingan natijalarga ko‘ra, 2020-yilda og‘ir inqiroz sharoitiga qaramay, EIZga kiruvchi korxonalarda ilg‘or turdagi mahsulotlar (yuqori texnologiyali, mashinasozlik, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar) 2019-yildagiga qaraganda ancha ko‘p ishlab chiqarigan va o‘sish sur’ati sezilarli bo‘lgan:
- mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari (ushbu sohalarda yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratiladi) umumiy ishlab chiqarish hajmida yuqori texnologiyali mahsulotlar 2019-yildagiga nisbatan 85,4 foizga o‘sdi;
- mashinasozlik uchun xom ashyo va materiallarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan metallurgiyada ishlab chiqarilayotgan mashinasozlik mahsulotlari hajmi 19,5 foizga oshdi;
- tahlil qilinayotgan yilda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmida eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar (ustuvorlik - tayyor mahsulot eksporti) 29,8 foizga o'sdi;
- Umuman olganda, 2020-yilda EIZ sanoat mahsulotlarida ilg‘or turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish 2019-yildagiga nisbatan 30,5 foiz yuqori bo‘ldi.
EIZ mahsulotlarini ishlab chiqarishda ro‘y berayotgan o'zgarishlarni baholashning eng to'g'ri usuli bu taqqoslashdir:
davrlarni solishtirish, bu holatda 2020-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlarining 2019-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlariga nisbati ishlab chiqarishning rivojlanish sur’atini xarakterlaydi;
mahsulot turlarini, aynan asosiy turlarini o‘zaro solishtirish: tayyor mahsulot, mashinasozlik, yuqori texnologiyali, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar kabi mahsulot turlari bilan bog‘liq; metallurgiya va metallga ishlov berish mahsulotlari; mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari asosiy turdagi mahsulotlarning o'zgarishiga ta'sir qiladi. Taqqoslash natijalari ishlab chiqarish tarkibini tavsiflaydi;
ishlab chiqarish sur’atida tarkibni taqqoslash mahsulot ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarni aniqlash, ishlab chiqarish yo'nalishini belgilash va uning ilmiy intensivlik, raqobatbardoshlik va ilg‘orlik bobida erishgan darajasi to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Shunday qilib, sifat o'zgarishlari eng ko'p qo'llaniladigan va o‘zining ijobiy jihatlarini ko‘rsata olgan indeks usuli orqali baholanadi.
EIZlarda sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini o'rganish uchun tarkibiy o'zgarishlar progressivligining local va integral indekslaridan foydalanildi. Lokal indeks mahsulotning asosiy turi va u bilan o'zaro bog'liq mahsulot turlarining nisbati sur’atini aks ettiradi va mahsulotning asosiy turidagi o'zgarishlarning progressivlik darajasini tavsiflaydi.
1-qo‘shimicha. Lokal indeksni hisoblashga misol.Hisob-kitoblar natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra:- EIZ eksport mahsulotlari ulushi: 2019-yilda 12,5% va 2020-yilda 15%;- EIZ tayyor mahsulotlari ulushi: 2019-yilda 39,9% va 2020-yilda 36,9%- eksport mahsulotlari ulushining tayyor mahsulotlar ulushiga nisbati:- 2019-yilda: 12,5/39,9 = 0,3133;- 2020-yilda: 15/36,9 = 0,4065.Shunday qilib, eksportga yo'naltirilgan va tayyor mahsulotlar o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarish indeksi quyidagicha:0,4065/0,3133 * 100% = 129,76%Indeksning bu qiymati “eksport/tayyor mahsulot” asosiy nisbat o‘zgarishining yuqori darajadagi progressivligidan dalolat beradi (2020-yilda 2019-yildagiga nisbatan 29,76% yaxshilangan). |
Integral indeks (ISPR). Lokal indekslar yigʻindisining oʻrtacha qiymati sifatida hisoblangan yigʻma koʻrsatkich boʻlib, ishlab chiqarishning asosiy nisbatlarini ishlab chiqarishning progressiv tarkibiga yaqinlashtirish mezoni boʻyicha yaxshilanish darajasini tavsiflaydi.
ISPRni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-2020 yillardagi maʼlumotlaridan foydalanildi.
Integral indeks 2 ta blok va 4 ta lokal indeksdan iborat bo‘lib, ularni hisoblash uchun EIZda ishlab chiqarilgan mahsulot turlari (2019-yilda 253 birlik va 2020-yilda 227 birlik) tarmoq belgisi, shuningdek, texnologikligi, raqobatbardoshligi va tayyorlik darajasi bo‘yicha 7 guruhga birlashtirildi.
Tarkibiy o'zgarishlarni baholash shunday nisbatlarning belgilanishiga olib kelgan sabablarni o'rganishni ko‘zda tutadi. Tarkibiy o'zgarishlar sur’atinnig shakllantirishga ishlab chiqarish hajmi va narx omili ta'sirini miqdoriy baholash uchun tahlil qilinadigan davr yillari bo‘yicha lokal va integral tarkibiy indekslarni haqiqiy va qiyosiy narxlarda hisoblash amalga oshirildi.
1-jadval. 2020-yilda EIZ sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar progressivligining lokal va integral indeksi
Tarkibiy ko'rsatkichlar |
Tarkibiy ko'rsatkichlarni belgilash |
Tarkibiy o'zgarishlar indekslari, 2019-yilga qadar (foizda) |
|
|
|
|||
Yakuniy va oraliq mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o'rtasidagi mahsulot nisbatlarining o'zgarish indeksi |
ISKP |
87,45 |
|
Mashinasozlik va metallurgiya, tayyor metall mahsulotlarni ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi mahsulot nisbatlarining oʻzgarish indeksi |
ISMAM |
119,51 |
|
Yuqori texnologiyali mahsulotlar va mashinasozlik, kimyo hamda neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishi o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarishi indeksi |
ISTMAH |
185,35 |
|
Eksportga yo'naltirilgan va tayyor mahsulotlar o'rtasidagi ishlab chiqarish nisbatlarining o'zgarishi indeksi |
ISQPG |
129,76 |
|
Tarkibiy o'zgarishlar progressivligining integral indeksi |
ISPR |
130,52 |
|