Bugun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu fuqarolari uchun munosib hayotni ta’minlashdir. Turmush darajasini yaxshilash va o‘rta qatlam ulushini oshirish bo‘yicha oldinga qo‘yilgan vazifani bajarishdagi eng muhim omil bu aholi bandligini ta’minlashdir. Chunki bu davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy zo‘riqishni kamaytiradi va mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar o‘rtasida kambag‘allik darajasini pasaytiradi.
Iqtisodiyotning bugungi rivojlanish bosqichida bandlik bilan bog‘liq muammoni, yangi bandlikning ilg‘or shakli – masofadan turib ishlash orqali hal etish mumkin. Zamonaviy bandlikning bu shakli turli xil nomlar bilan ataladi, ya’ni internet orqali ishlash, uzoqdan turib ishlash yoki frilans (inglizcha. freelance – «erkin rassom», shtatdan tashqari xodim, erkin professional).
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning frilans bozoriga chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Tadqiqot davomida 2015-2021 yillarda O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi hisoblab chiqildi va quyidagi asosiy natijalar olindi:
1. Tadqiq etilayotgan davrda indeks qiymati 43,9 dan 59,9 gacha ko‘tarildi.
2. Bu vaqt oralig‘ida infratuzilmalarning rivojlanish ko‘rsatkichi 38,0 dan 64,2 gacha ko‘tarildi va u indeksning ortishiga eng katta hissa qo‘shdi.
3. Eng katta o‘sish ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyati (74,7 marotaba) va masofaviy bank xizmatlari tizimlaridan foydalanuvchilar (jismoniy shaxslar) soni (20,2 marotaba) kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayd etildi.
4. O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik darajasiga oliy ta’lim bilan qamrab olish (3,8 marotaba), internetdan foydalanuvchilar soni (2,4 marotaba) kabi ko‘rsatkichlarning ortishi, provayderlar uchun internet-xizmatlar (tashqi kanal) uchun tariflar qiymati ko‘rsatkichning pasayishi (86,4 marotaba) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Upwork frilans platformasi hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda frilanserlarga bo‘lgan talabning kattagina qismi ( taxminan 50%) hamon kichikroq va o‘rtacha kapital aylanishiga ega bo‘lgan kompaniyalarning ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq, Fortune 500 ro‘yxatidagi (ro‘yxatda Amazon, Apple, Microsoft, Facebook, PepsiCo va boshqa kompaniyalar bor) yirik kompaniyalarning 33 foizi o‘z ishini autsorsingga berish uchun frilanserlar birjasiga murojaat qilmoqda.
2021-yilda nafaqat xarajatlarni kamaytirish va alohida loyihalardagi ehtiyoj, balki keng ekspertizadan foydalanish imkoniyatlarining ortishi ham frilanserlarni jalb qilishdagi birlamchi sababga aylandi.
Global frilans bozori rivojlanishining istiqbollari haqida to‘xtalganda, Upwork kompaniyasi fikricha, kompaniyalarning operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznesning moslashuvchanligini ta’minlashga intilishi tufayli frilans bozorida yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoladi. Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilga borganda global frilans bozorining hajmi 13,84 trillion AQSH dollariga yetadi.
.jpg)
Shunday qilib, 2021-yilda frilanserlar va jamoalar mustahkamlandi va oyoqqa turdi. Endi frilans hamma joyda yanada kuchayadi va yanada mustahkamlanadi. Frilanserlar foizi ham tez sur’atlar bilan oshadi va shtatdagi xodimlari strategik vazifalar bilan shug‘ullanadigan, qolgan barcha ishlarni autsorsingga beradigan kompaniyalar kelajak kompaniyalariga aylanadi.
Dunyo frilans bozorining tez sur’atlar bilan rivojlanishi unga O‘zbekistonning ham kirishi zarurligidan dalolat beradi. Bu masala qancha uzoq cho‘zilsa, mamlakatimiz shuncha ko‘p imkoniyatni qo‘ldan boy beradi. Hozirgi vaziyatni inobatga olganda mamlakat hukumati tomonidan frilans bozori faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar (frilanserlar) ning huquqiy maqomi yaqinda qonuniylashtirildi va soddalashtirildi. O‘zbekistonda frilanserlar faoliyatini davlat me’yoriy aktlari[1] bilan qonuniylashtirish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Mehnat guvohnomalarining joriy etilishi rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashirin iqtisodiyotda band bo‘lgan fuqarolarning mehnatini qonuniylashtirishga qaratilgan.
Frilanserlarni guvohnomani rasmiylashtirish uchun rag‘batlantirish maqsadida o‘zini-o‘zini band qilgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi va bu kelgusida unga pensiya ta’minotidan foydalanish imkoniyatini beradi.
2020-yilning iyun oyida Prezident tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi[2]. Ushbu qaror doirasida o‘zini o‘zi band qilganlar uchun kasblar ro‘yxati 24 tadan 67 tagacha kengaytirildi. Mazkur kasblarda o‘zini o‘zi band qilganlar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.
Shuningdek, frilanserlar bugun quyidagi huquqlarga ega:
- Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborotlar tizimiga tegishli ma’lumotni kiritmasdan banklardagi hisob raqamlari orqali xorijiy valyutadagi to‘lovlarni qabul qilish;
- ochiq oferta yoki hisob-faktura (jumladan elektron ko‘rinishda) asosidagi shartnomasiz xorijliklarga xizmat ko‘rsatish.
Ayni chog‘da O‘zbekistonning dunyo frilans bozoriga qanchalik muvaffaqiyatli kira olishi juda muhim masala hisoblanadi. Mamlakatning imkoniyatlarini baholash uchun Jahon bankining moslashtirilgan usulidan foydalanildi . Mazkur usul birlamchi manbadan zamonaviy ko‘rsatkichlardan foydalanilgani, shuningdek, indikatorlar O‘zbekiston milliy statistika bazasidagi ma’lumotlarga moslashtirilgani bilan farq qiladi.
O‘zbekistonning jahon frilans bozoriga kirishga tayyorlik indeksi 2015-2021 yillar uchun shu tariqa hisoblandi. (1-jadvalga qarang)
1-jadval. O‘zbekistonning frilans bozoriga kirish uchun tayyorlik indeksi*
Ko‘rsatkichlar |
2015 |
2016 |
2017 |
2018 |
2019 |
2020 |
2021 |
Ishchi kuchi |
34,2 |
39,8 |
47,1 |
53,3 |
58,4 |
56,7 |
60,6 |
Shahar aholisi |
43,4 |
46,8 |
49,9 |
41,5 |
44,0 |
53,9 |
70,5 |
O‘zbekiston Respublikasidagi kam ta’minlangan aholi ulushi |
66,9 |
58,7 |
52,1 |
43,9 |
37,4 |
45,6 |
45,6 |
Ishsizlik, jami |
39,8 |
39,8 |
47,3 |
47,8 |
48,0 |
62,9 |
64,4 |
Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik |
39,8 |
39,2 |
48,8 |
48,0 |
47,3 |
63,5 |
63,5 |
Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni |
36,1 |
39,5 |
44,1 |
53,5 |
57,0 |
57,9 |
61,8 |
O‘rta umumta’lim maktablari bilan qamrab olish koeffitsiyenti (5-9 sinflar) |
48,5 |
52,2 |
46,0 |
35,1 |
43,3 |
62,4 |
62,5 |
O‘rta-maxsus ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti (kollej i litseylar) |
61,1 |
61,5 |
57,1 |
49,8 |
42,3 |
39,1 |
39,1 |
Oliy ta’lim bilan qamrab olish koeffitsiyenti |
41,5 |
41,9 |
43,5 |
46,4 |
50,6 |
57,3 |
68,8 |
1-blok, ya’ni “Iste’dodlarning borligi va sifati” bo‘yicha yakuniy natija |
45,7 |
46,6 |
48,4 |
46,6 |
47,6 |
55,5 |
59,7 |
Hisoblangan bir oylik o‘rtacha nominal ish haqi (so‘m) |
40,2 |
41,8 |
42,6 |
46,6 |
53,2 |
58,8 |
66,8 |
Hisoblangan bir oylik o‘rtacha nominal ish haqi (AQSH dollari) |
65,0 |
63,0 |
45,4 |
39,4 |
43,4 |
44,7 |
49,2 |
Provayderlar uchun internet xizmatlari (tashqi kanal) tariflari qiymati (AQSH dollari) |
31,6 |
42,0 |
48,8 |
55,1 |
57,1 |
57,6 |
57,9 |
2-blok, ya’ni “Xarajatlar” bo‘yicha yakuniy natija |
45,6 |
48,9 |
45,6 |
47,0 |
51,2 |
53,7 |
57,9 |
Aholining internet bilan ta’minlanganligi (100 kishiga) |
37,8 |
40,6 |
43,9 |
48,4 |
54,9 |
62,2 |
62,2 |
Aholining shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar soni) |
38,7 |
42,1 |
43,7 |
47,1 |
52,1 |
60,7 |
65,6 |
Aholining mobil telefonlar bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keluvchi tovarlar soni) |
36,8 |
41,4 |
45,7 |
47,7 |
55,5 |
57,3 |
65,6 |
Ma’lumotlarni uzatish xalqaro tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik imkoniyati (Gbit/s) |
39,0 |
39,2 |
39,8 |
58,0 |
58,0 |
58,0 |
58,0 |
Yuqori tezlikka ega internetdan foydalanuvchi abonentlar soni (100 kishiga) |
32,8 |
41,7 |
46,7 |
53,7 |
57,4 |
58,8 |
58,8 |
Asosiy mobil aloqa stansiyalari soni |
40,5 |
42,0 |
44,2 |
48,2 |
50,1 |
55,6 |
69,4 |
Mobil aloqa abonentlari soni |
39,8 |
41,4 |
44,0 |
48,5 |
51,1 |
56,8 |
68,4 |
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi iste’moli (ming kVt.S) |
37,8 |
37,8 |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
62,2 |
62,2 |
Elektr stansiyalarining belgilangan quvvati (MVt) |
36,9 |
43,3 |
45,3 |
44,0 |
56,7 |
61,9 |
61,9 |
Muomaladagi bank plastik kartalari soni (dona) |
39,2 |
46,5 |
45,8 |
42,3 |
48,8 |
60,8 |
66,6 |
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalnuvchilar (jismoniy shaxslar) soni (kishi) |
39,2 |
40,6 |
44,1 |
49,1 |
51,8 |
58,2 |
67,0 |
3-blok, ya’ni “Infratuzilmalar” bo‘yicha yakuniy natija |
38,0 |
41,5 |
44,8 |
48,8 |
53,3 |
59,3 |
64,2 |
Yuridik huquqlarning kuch indeksi |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
50,0 |
Yollana ishchilar, jami |
34,1 |
40,5 |
46,3 |
52,4 |
58,9 |
58,9 |
58,9 |
Kompyuter, kommunikatsiya va boshqa xizmatlar (tijorat xizmatlari eksportida %) |
55,1 |
56,7 |
47,3 |
37,9 |
35,2 |
58,8 |
58,8 |
Ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmida %) |
54,4 |
52,3 |
60,9 |
59,8 |
33,2 |
47,9 |
41,4 |
AKT tovarlari eksporti (tovarlarning umumiy eksporti hajmida %) |
39,2 |
36,9 |
47,7 |
49,3 |
52,9 |
64,5 |
59,5 |
AKT xizmatlari eksporti (xizmatlar eksportining umumiy hajmida %) |
44,2 |
41,3 |
51,3 |
44,8 |
42,4 |
68,7 |
57,4 |
4-blok, ya’ni “Qulay sharoitlarni yaratish” bo‘yicha yakuniy natija |
46,2 |
46,3 |
50,6 |
49,0 |
45,4 |
58,1 |
54,3 |
Jamlangan indeks |
43,9 |
45,8 |
47,4 |
47,9 |
49,4 |
56,7 |
59,0 |