1994-yilgacha Germaniya temir yo'llari ikkita tashkilot tomonidan boshqarilgan: G'arbiy Germaniyada Deutsche Bundesbahn va Sharqiy Germaniyada Deutsche Reichsbahn[1]. Temiryo‘l sohasidagi islohotlar 1994-yilda boshlandi. Ushbu islohotlar davomida barcha operatorlar uchun temiryo‘l infratuzilmasidan erkin foydalanish imkoniyati yaratildi. Shahar atrofi yo‘nalishlari mahalliy hokimiyat organlari tasarrufiga o'tkazildi va ushbu maqsadlar uchun zarur miqdorda subsidiyalar ajratildi.
Hukumat tomonidan 1993-yil 26-martda taqdim etilgan temiryo‘l sohasini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasining asosi sifatida ikkita muhim sabab ko‘rsatilgan[2]:
-
Temir yo'llar sohasining past samaradorligi va yuk tashish hajmining ortishi kutilayotgan sharoitida quvvatlarning bunga tayyor emasligi;
-
Qarzlar to'planib qolgan hamda yo'lovchi va yuk tashuvlari sohasida ulushi qisqargan sharoitda boshqaruvchi kompaniyaning zaif moliyaviy barqarorligi.