Oxirgi kunlardagi ob-havo sharoitlari “yashil” iqtisodiyotga o‘tish asosida resurslardan oqilona foydalanish zaruratini yana bir bor isbotladi. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishga faqatgina jamiyatning har bir a'zosini fikr yuritishini ekologiyani asrashga, atrof-muhitga befarq bo‘lmalikka, o‘z istemoliga javobgarlikni his qilishga yo‘naltirish hamda energiya tejamkorlik tamoyilini iqtisodiyotning barcha sohalari va aholi turmush tarziga tadbiq qilish orqali erishish mumkin. Bu oʻz navbatida, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanishning 13-maqsadida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, ya’ni barqaror rivojlanishga erishishni jadallashtiruvchi bilim va koʻnikmalarni egallash uchun zarur sharoitlarni ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Barcha sohalarda “yashil” iqtisodiyot texnologiyalarini faol joriy etish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun energiya samaradorligini 20% ga oshirish 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlardan biri (24-maqsad)”. Ushbu maqsadga erishish bir vaqtning oʻzida “yashil” iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash zaruratini ham ko‘ndalang qo‘yadi. Xalqaro tadqiqotlarda (OECD, 2011 [5]; Cedefop, 2012 [6]) ham inson resurslarini rivojlantirish iqtisodiyotni “yashillashtirish” uchun asos ekanligi ta’kidlanadi.
.jpg)
Shu nuqtayi nazardan, “O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash tizimi “yashil” transformatsiyaga qanchalik tayyor?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ushbu savolga javob olish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xulosalar shakllantirildi:
- qanday ekologik muammolarni hal qilish uchun "yashil" ish o‘rinlarini yaratish zarur yoki Taraqqiyot strategiyasining bu maqsadini amalga oshirish orqali qanday ekologik muammolarni hal qilish mumkin?
- “yashil” kasblarni egallash uchun nomzodlar qanday koʻnikmalarga ega bo‘lishi kerak?
- hozir tayyorlanayotgan kadrlarning qancha qismi “yashil” kasblarga toʻgʻri keladi va ular qanday mutahassisliklar bo‘yicha tayyorlanayapti?
Olingan xulosalar davlat dasturlarini ishlab chiqish va ta’lim tizimini boshqarish, ishchi kuchini shakllantirish, o‘smirlarning kelgusi kasblari haqida tasavvurga ega bo‘lishida asqotadi.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish suv resurslaridan nooqilona foydalanish, havoning ifloslanishi, oʻrmonlarning qisqarishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi va iqlim oʻzgarishi kabi ekologik muammolarni hal etishda yordam beradi.
Xorijlik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun ishlab chiqarishning turli sohalarida keng tarqalgan 10 ta ekologik ko‘nikma, ya’ni: dizaynerlik, liderlik sifatlari, boshqaruvchilik qobiliyati, energetik, shaharlarni rejalashtirish, landshaft dizayni, muloqot olib borish, chiqindilarni boshqarish, sotib olish va moliyaviy ko‘nikmalarga talab katta [10].
Mazkur tadqiqot davomida ekologik omillar va yuqori darajadagi ko‘nikmalarni hisobga oluvchi bazaviy regressiya modelidan foydalanib, empirik baholash amalga oshirildi. Kuznets egri chizigʻi gipotezasini hisobga olish uchun modelga YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi va uning kvadrati ko‘rsatkichlari kiritiladi [11] (tadqiqotda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning logarifmasidan foydalanilgan) (1-jadval).
1-jadval
Tadqiqotda foydalanilgan oʻzgaruvchilarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlar
Oʻzgaruvchilar |
Kuzatuvlar |
Oʻrtacha |
Std. ogʻish |
Min |
Maks |
logorifmlangan CO2ning YaIMga nisbati |
224 |
-1.573 |
.561 |
-2.813 |
.27 |
“yashil” oʻsish indeksi |
215 |
48.362 |
14. |
16.96 |
78.72 |
“yashil” bandlik |
218 |
37.915 |
25.298 |
1 |
100 |
logorifmlangan YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi |
237 |
9.681 |
1.086 |
6.594 |
11.666 |
YaIMning o‘sish sur’ati |
239 |
-.793 |
5.65 |
-33.5 |
8.36 |
aholi sonining o‘sish sur’ati |
239 |
1.103 |
1.046 |
-1.68 |
3.93 |
mamlakat aholisining IQ darajasi |
208 |
93.332 |
8.905 |
60 |
108 |
ilgʻor IT ko‘nikmalarga ega aholi ulushi |
83 |
6.548 |
5.039 |
.01 |
27.69 |
ilgʻor ishchi kuchi |
158 |
77.034 |
8.007 |
29.63 |
92.32 |
Omillarining CO2 emissiyasini qisqartirishga ta’siri baholangan modelda 73 ta mamlakatning ikki yillik ma’lumotlaridan foydalanildi (146 ta kuzatish) (2-jadval).
2-jadval
CO2 emissiyasini kamaytirishga ta’sir qiluvchi omillarni baholash
logorifmlargan CO2ning YaIMga nisbati |
Koef. |
Std. xatolik |
t-qiymat |
p-qiymat |
95% Koef. |
Interval |
Muhimlik darajasi |
|||||
“yashil” o‘sish indeksi |
-.026 |
.004 |
-6.42 |
.000 |
-.034 |
-.018 |
*** |
|||||
aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi logorifmlangan YaIM |
.125 |
.063 |
1.98 |
.048 |
.001 |
.248 |
** |
|||||
aholi soni |
-.25 |
.049 |
-5.06 |
.000 |
-.346 |
-.153 |
*** |
|||||
ilg’or ishchi kuchi |
-.012 |
.005 |
-2.17 |
.03 |
-.022 |
-.001 |
** |
|||||
Doimiy (Constant) |
-.352 |
.518 |
-0.68 |
.497 |
-1.367 |
.664 |
|
|||||
O‘rtacha bog‘liqlik |
-1.583 |
Standart og’ishga bog’liqlik |
0.522 |
|
||||||||
Umumiy r-kvadrat |
0.275 |
Kuzatuvlar soni |
146 |
|
||||||||
Ch-kvadrat |
53.474 |
Ehtimollik > ch-kvadrat |
0.000 |
|
||||||||
R-kvadrat ichida |
0.284 |
R-kvadrat orasiga |
1.000 |
|
||||||||
*** p<.01, ** p<.05, * p<.1 |
|
|||||||||||
2-jadvalda CO2 emissiyasini qisqartirishga davlatning ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi siyosati kuchli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlovchi natijalar aks etgan. “Yashil” o‘sish indeksi (GGI) dagi davlat ko‘rsatkichining bir punktga oshishi CO2 emissiyasini 0,026% ga qisqartiradi. YaIMning aholi jon boshiga ulushi 1% ga o‘sishi CO2 emissiyasini 0,125% ga oshiradi. Oliy ma’lumotli ishchi kuchining 1% ga ko‘payishi (oliy ma’lumotga ega bo‘lgan jami mehnatga layoqatli aholi, %) CO2 emissiyasini 0,012%ga qisqartirish imkoniyatini oshiradi. Aholining 1% o‘sishi bilan CO2 emissiyasining 0,25% ga kamayishini aks ettiruvchi natijalar, yuqori daromadli (aholi o‘sish sur’ati past) mamlakatlar global CO2 emissiyasining 86% ni tashkil etishi bilan bog‘liq [19].
Yuqorida keltirilgan bazaviy modeldan foydalanib, mamlakat aholisi orasida yuqori darajadagi IT ko‘nikmalariga ega bo‘lganlar ulushi hamda aholining IQ darajasi “yashil” bandlikning oʻsishiga qanday ta’sir qilishi 39 ta mamlakatning 2 yillik ma’lumotlari (78 ta kuzatish) asosida baholandi (3-jadval).
3-jadval
“Yashil” bandlikning o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash
“yashil” bandlik |
Koef. |
Std. xatolik |
t-qiymat |
p-qiymat |
95% Koef. |
Interval |
Muhimlik darajasi |
||||
iq |
.968 |
.394 |
2.46 |
.014 |
.197 |
1.74 |
** |
||||
“yashil” oʻsish indeksi |
1.188 |
.515 |
2.31 |
.021 |
.179 |
2.198 |
** |
||||
ilgʻor IT koʻnikmalari |
1.517 |
.578 |
2.62 |
.009 |
.384 |
2.65 |
*** |
||||
Aholi soni |
-10.289 |
2.816 |
-3.65 |
0 |
-15.808 |
-4.77 |
*** |
||||
Doimiy (Constant) |
-46.69 |
37.952 |
-1.23 |
.219 |
-121.074 |
27.695 |
|
||||
|
|
|||||||||||
Oʻrtacha bogʻliqlik |
44.714 |
Standart ogʻishga bogʻliqlik |
23.685 |
|
|||||||
Umumiy r-kvadrat |
0.279 |
Kuzatuvlar soni |
78 |
|
|||||||
Ch-kvadrat |
28.225 |
Ehtimollik > ch-kvadrat |
0.000 |
|
|||||||
R-kvadrat ichida |
0.289 |
R-kvadrat orasiga |
1.000 |
|
|||||||
*** p<.01, ** p<.05, * p<.1 |
|||||||||||
Baholash natijalariga koʻra, yuqori darajadagi IT koʻnikmalariga ega bo‘lgan aholi ulushining o‘sishi “yashil” bandlikning o‘sishiga boshqa omillarga qaraganda ko‘proq ta’sir qiladi. Ushbu natija tadqiqot boshida qo‘yilgan farazni tasdiqlaydi va “yashil” iqtisodiyot kasblari nomzodlardan yuqori darajadagi malaka va ko‘nikmalarni talab qiladi” degan fikrga to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisi IQ darajasining 1%ga oshishi “yashil” bandlikning 0,98% ga oshishiga imkoniyat yaratadi. Iqtisodiy oʻsish “yashil” bandlikni oshirish uchun ham qulay shart-sharoit yaratadi. Shu bilan birga, aholining oʻsish sur’ati yuqori boʻlgan mamlakatlarda davlat siyosati bandlikni oshirish uchun ko‘proq mehnat talab qiladigan ish oʻrinlarini yaratishga qaratiladi.
Ikkala baholash natijalariga koʻra, oliy ma’lumotli va yuqori darajadagi IT-koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlashning ekologik muammolarni hal qilish (СО2 emissiyasini qisqartirish va “yashil” bandlikni kegaytirish) dagi ahamiyati katta ekani aniqlandi. Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekistonda oliy maʼlumotli mehnatga layoqatli aholining iqtisodiyotda band ulushi 73% ni tashkil etadi. Ikkinchi holda, ya’ni aholi orasida yuqori darajadagi IT-koʻnikmalarga ega boʻlganlarning ulushi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil ma’lumotlariga koʻra (Milliy BRM 4.4.1), aholining 1,2% ini tashkil etadi.
“O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash tizimi “yashil” transformatsiyaga qay darajada tayyor?” degan savolga javob olish uchun O‘zbekiston Respublikasi OTMlarining 2019/2020 va 2022/2023 o‘quv yillari uchun kadrlar tayyorlash parametrlari (magistratura mutaxassisliklari)ning content-tahlili o‘tkazildi va quyidagi xulosalar shakllantirildi:
- Respublika oliy o‘quv yurtlarida (shu jumladan, hududiy filiallarda) “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun eng zarur mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni, jumladan biotexnologlar, muqobil (quyosh va shamol) energetika bo‘yicha muhandislar, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhandislar, iqlim xavfini baholash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
- Shu bilan birga energiya tejamkor inshootlarni loyihalash, ulardan foydalanish va qurish, energiya tejamkor texnologiyalarni, jumladan sun’iy intellektni loyihalash, foydalanish va ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan.
- 2022/2023 o‘quv yilida tayyorlanadigan kadrlarning 30% dan ortig‘i “yashil” iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi (taqqoslash uchun, 2019/2020 o‘quv yilida 5%).
Tadqiqot natijalari “yashil” iqtisodiyot kasblarining fanlararo xususiyatini yana bir bor tasdiqladi. Shundan kelib chiqqan holda, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini faollashtirish orqali Taraqqiyot strategiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirish uchun:
- ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligidan qat’i nazar, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv yuklamalariga strategik, ekologik, resurslar va energiyani tejash, axborot texnologiyalari bilan ishlash (shu jumladan, ma’lumotlarni izlash, to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlsh) ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha soatlar kiritish;
- Malaka oshirish, qayta tayyorlash va kattalar ta’limining boshqa turdagi dasturlarini “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni, jumladan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash kompetensiyalarini (IT ko‘nikmalari) rivojlantirishni o‘z ichiga oluvchi “Umrbo‘yi ta’lim” konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Dilfuza Vahobova,
PMTI guruh rahbari (PhD)
Abdulatifxon Anvarxonov,
PMTI katta ilmiy xodimi
Manbalar va foydalanilgan adabiyotlar
-
Francesco Vona, Giovanni Marin, Davide Consoli, David Popp Working Paper 21116 http://www.nber.org/papers/w21116
-
Francesco Vona, Giovanni Marin, Davide Consoli, David Popp Environmental Regulation and Green Skills: An Empirical Exploration/ Journal of the Association of Environmental and Resource Economists, May 2018, 713-753 pp. DOI: 10.1086/698859
-
Cedefop, The green employment and skills transformation: insights from a European Green Deal skills forecast scenario, Publications Office of the European Union, 2022, https://data.europa.eu/doi/10.2801/112540
-
Maclean, R., Jangannathan, S., & Panth, B. (2017). Education and skills for inclusive growth, green jobs and the greening of economies in Asia: case study summaries of India, Indonesia, Sri Lanka and Viet Nam. Technical and Vocational Education and Training: Issues, Concerns and Prospects, vol. 27. Singapore: Asian Development Bank/SpringerOpen. Retrieved 21 February 2018 from https://www.adb.org/sites/default/files/publication/385041/education-skills-greenjobs.pdf
-
OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development) (2011). Towards green growth: A summary for policy makers. Paris: OECD. Retrieved 21 February 2018 from https://www.oecd.org/greengrowth/48012345.pdf
-
Cedefop (2012). Green skills and environmental awareness in vocational education and training. Synthesis report. Research paper #24. Luxemburg: Office of the European Union. Retrieved 21 February 2018 from www.cedefop.europa.eu/files/5524_en.pdf
-
Pavlova, M. Fostering inclusive, sustainable economic growth and “green” skills development in learning cities through partnerships nternational Review of Education/ May 2018 DOI: 10.1007/s11159-018-9718-x https://www.researchgate.net/publication/325109665_Fostering_inclusive_sustainable_economic_growth_and_green_skills_development_in_
learning_cities_through_partnerships -
Lai Chee Sern, Adib Farhan Zaime1 and Lee Ming Foong Published under licence by IOP Publishing Ltd Journal of Physics: Conference Series, Volume 1019, 1st International Conference on Green and Sustainable Computing (ICoGeS) 2017 25–27 November 2017, Kuching, Sarawak, Malaysia
-
Rauf hon Salahodjaev, Does Intelligence Improve Environmental Sustainability? An Empirical Test/ Sustainable Development-2015 Published online in Wiley Online Library (wileyonlinelibrary.com) DOI: 10.1002/sd.1604
-
http://www.globalcarbonatlas.org/en/CO2-emissions
-
https://greengrowthindex.gggi.org/?page_id=2547#download-reports-popup
-
https://wwf.ru/resources/ekoprofessii/
-
https://lex.uz/docs/-4380357#-4382700
-
https://lex.uz/uz/docs/6070845
-
https://lex.uz/docs/-4380357#-4382700
-
https://lex.uz/uz/docs/6070845
-
https://data.worldbank.org/indicator/SL.TLF.ADVN.ZS
-
http://nsdg.stat.uz/uz/databanks
-
https://ourworldindata.org/co2-by-income-region
4-jadval
“Yashil” iqtisodiyotda kadrlar tayyorlash parametrlari (2019/2020 va 2022/2023 o‘quv yillari uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari misolida) [15, 16]
№ |
“Yashil” iqtisodiyot sifatida koʻrilgan kasblar |
Kasblar mutaxassisligi boʻyicha qabul parametrlari |
|
2019-2020 o‘quv yilida |
2022-2023 o‘quv yilida |
||
Flora va fauna |
|||
1 |
Tizim biotexnologi |
14 |
125 |
2 |
Bioformakolog |
0 |
74 |
3 |
Zaxira biologi |
31 |
76 |
4 |
Zaxira menejeri |
0 |
20 |
5 |
Xalqaro ekologik huquq boʻyicha huquqshunos |
0 |
21 |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat |
|||
6 |
Qishloq xoʻjaligi ekologi |
44 |
260 |
7 |
Organik (“yashil” mahsulotlar ishlab chiqaruvchi) fermer |
72 |
360 |
8 |
Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mutaxassis, muhandis |
24 |
88 |
9 |
Axloqiy iste’mol boʻyicha shaxsiy maslahatchisi |
0 |
35 |
Qurilish va shaharsozlik |
|||
10 |
Energiyaga asoslangan uylar me’mori |
0 |
34 |
11 |
Qurilish boʻyicha ekotahlilchi |
0 |
44 |
12 |
Urbanist-ekolog |
0 |
29 |
13 |
Park ekologi |
0 |
17 |
14 |
Ekoarxitektor |
0 |
24 |
Iqlim va energetika |
|||
15 |
Qayta tiklanadigan energiya manbalari, muqobil (quyosh va shamol) energiyasi boʻyicha muhandis, mutaxassis |
16 |
141 |
16 |
Energiya resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha mutaxassis |
19 |
260 |
17 |
Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mutaxassis, muhandis |
47 |
185 |
18 |
Ekologik izlarni kamaytirish boʻyicha mutaxassis, ekotizimlarni tiklash boʻyicha arxitektor |
0 |
68 |
19 |
Metoenergetik |
0 |
22 |
20 |
Atrof-muhitni himoya qilish boʻyicha mutaxassis |
4 |
121 |
21 |
Iqlim xavfini sugʻurtalash boʻyicha mutaxassis |
6 |
32 |
Ishlab chiqarish va iste’mol |
|||
22 |
Energiya tejamkor elektr mashinalari, uskunalari, elektronika, radiotexnika qurilmalari va jihozlarini loyihalash va ishlatish boʻyicha muhandis, mutaxassis |
29 |
435 |
23 |
Sun’iy intellektni loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, energiya tejamkor texnologiyalar uchun nanotexnologiyalar boʻyicha mutaxassis, muhandis |
3 |
78 |
24 |
Chiqindilarni ajratish boʻyicha mutaxassis |
0 |
37 |
25 |
Ekologik auditor, atrof-muhit uskunalari va texnologiyalarini standartlashtirish boʻyicha mutaxassis |
0 |
71 |
26 |
Elektr avtomobil muhandisi |
24 |
22 |
27 |
Sogʻlom kiyim boʻyicha mutaxassis |
0 |
74 |
28 |
Ekologik ovqatlanish mutaxassisi |
21 |
28 |
Ijtimoiy soha, ta’lim va turizm |
|||
29 |
Ekologik turizm sohasida mutaxassis |
0 |
81 |
30 |
Ekovoiz |
6 |
320 |
Xizmatlar |
|||
31 |
Barqaror rivojlanish sohasidagi professional maslahatchi |
9 |
62 |
32 |
Ekolog-logist (transport vositalarining ekologik izini kamaytirish boʻyicha mutaxassis) |
15 |
33 |
Minerallar va metallurgiya |
|||
33 |
Suyultirilgan gaz uskunalari operatori |
10 |
44 |
34 |
Jami mutaxassisliklar |
7 695 |
10 688 |
35 |
“Yashil” iqtisodiyot uchun tayyorlangan kadrlar ulushi, % |
5 |
31 |
Manba: 2019/2020 va 2022/2023 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga davlat buyurtmasi qabul parametrlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.