Energetika muammosi butun insoniyat uchun eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Neft, gaz va boshqa foydali qazilmalar qazib olish va tashish xarajatlarining oshib borishi va ekologik muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. Tabiiy resurslar cheklangan bugungi sharoitda, tez o‘sib borayotgan ehtiyojlar tufayli qisqa muddatli energiya inqirozlari yuzaga kelishi mumkin. 2030 yilga borib, dunyoda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj 2008 yildagiga nisbatan 60 foizga oshishi prognoz qilinmoqda.
Shu sababli, muqobil yoki "yashil" energiya manbalari bilan bog‘liq, nisbatan yangi energiya manbalari - turli xil quyosh panellari, bioreaktorlar, shamol va gidroelektr stansiyalarining ahamiyati ortib bormoqda.
"Yashil" energiyaning mohiyati shundan iboratki, tabiatda uzluksiz sodir bo‘ladigan jarayonlardan paydo bo‘lgan kuch elektr energiyasiga aylantiriladi va undan kundalik hayotda, ijtimoiy va iqtisodiy sohaning barcha tarmoqlarida foydalanish mumkin. Gidroelektr stansiyalari orqali islab chiqarilayotgan elektr energiyasi "yashil" energiya hisoblanadi.
“Yashil” energiya ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali global isishga qarshi kurashish va ekologik muammolarni kamaytirishda O‘zbekiston gidroenergetika tarmog‘i katta imkoniyatlar va zaxiralarga ega. Shu munosabat bilan gidroenergetika obyektlarini rivojlantirish orqali, “yashil” energetikani rivojlantirish respublika energetika balansida ustuvor yo‘nalishga aylanmoqda.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasining mavjud ishlab chiqarish quvvatlari 12,9 GVtni tashkil etadi. Buning 2,05 ming MVt qismi yoki 15,8 foizi gidroelektr stansiyalarining hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublikaning suv salohiyatidan foydalanish koeffitsiyenti qariyb 27 foizni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston gidroenergetikasi tarkibiga 49 ta gidroelektr stansiyasi, jumladan, umumiy quvvati 1,76 GVt boʻlgan 14 ta yirik gidroelektr stansiya (jami gidroelektr stansiyalari quvvatining 86 foizi), umumiy quvvati 0,262 GVt (13 foiz) boʻlgan o‘rtacha kattalikdagi 23 ta gidroelektr stansiyasi, umumiy quvvati 0,0285 GVt (0,014 foiz) boʻlgan 9 ta kichik gidroelektr stansiyasi va umumiy quvvati 0,86 MVt (0,004 foiz)ga teng boʻlgan 3 ta mikro gidroelektr stansiyasi kiradi. Tabiiy suv oqimi boʻylab quvvati 532 MVt boʻlgan 30 ta gidroelektr stansiyasi (4 ta yirik – 317 MVt va 26 ta GES – 215 MVt) faoliyat yuritadi. Suv omborlarida umumiy quvvati 1,4 GVt boʻlgan 10 ta gidroelektr stansiyasi mavjud.
Talab ortib borayotgan sharoitda gidroenergetikaning barqaror rivojlanishini ta’minlash bir qator muammoli masalalarga bog‘liq. Bunda mehnat, kapital va zamonaviy texnologiyalar omili tabiiy omillarga qaraganda kuchsizroq. Chunki tabiiy resurslarning (suv, yog‘ingarchilik, issiqlik) o‘zgarishini bashorat qilish qiyinroq.
.jpg)
, bu natija tasodifiylik deyarli nolga tengligini anglatadi. Tenglamaning ahamiyatliligi (R-kvadrat 0,95) yuqoriligini ko‘rsatdi, yaxshi adekvat modellar R-kvadrati 0,7 dan katta bo‘ladi.