PMTI ekspertlari texnologik transformatsiyani mamlakat hududlari bo‘yicha baholadi.
Dunyo tajribasi yangi texnologik namunalar sharoitida mamlakat iqtisodiyotining sanoat sektorini transformatsiya qilish raqobatdagi ustunlikni mustahkamlash hamda innovatsion yangilanish imkoniyatini yuzaga keltirishda ko‘mak berishini tasdiqlaydi. Rivojlangan va jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori texnologik sektor o‘sish hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri hisoblanadi. (Khan J., Labonte O., 2017; Gil P. M., Afonso O., Brito P., 2019). Bu jihatdan sanoatni sifatli transformatsiya qilish O‘zbekiston uchun ustuvor yo‘nalishdir. U qo‘shilgan qiymat ulushi yuqori bo‘lgan iqtisodiy faoliyatning yuqori texnologiyali ishlab chiqarishini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
.jpg)
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutti (PMTI) 2022 yilning I choragida mamlakat hududlarida sanoatning texnologik transformatsiyasi (STT) ni baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi.
Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda sanoatning texnologik transformatsiyasi (STT) ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishning ijobiy tendensiyaga ega ekanligi bilan xarakterlanishi aniqlandi. Mamlakat qayta ishlash sanoatining umumiy hajmida yuqori texnologik va o‘rta-yuqori texnologik ishlab chiqarish ulushining ortishi shundan darak beradi.
Ma’lumot uchun:Yuqori texnologik tovarlar: kompyuterlar, elektron va optik jihozlar, tibbiy, farmatsevtik preparatlar, o‘lchash asboblari va apparatlari.O‘rta-yuqori texnologik tovarlar: elektr uskunalar va apparatlar, avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar va boshqalar. |