PMTI ekspertlari O‘zbekiston mehnat bozorida talabning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollarini baholadi.
Mehnat bozoriga ilk marotaba kirib kelayotgan yoshlar sonining ortishi, shuningdek, ishga joylashishishi zarur bo‘lgan kishilar sonining ko‘pligi sabab taklifning talabdan oshib ketish tendensiyasi kuzatilmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanish ko‘lami ishlash istagida bo‘lganlarning barchasini ish o‘rinlari bilan ta’minlashi darkor. Bundan tashqari, ayrim kasblar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va mehnat bozorining real ehtiyojlari o‘rtasida nomutanosiblik mavjud.
Hozirga qadar respublikada iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talab o‘rganilmayapti. Shuning uchun PMTI tarmoqlar bo‘yicha kadrlarga talab qandayligini sifat jihatidan tahlil qilish maqsadida 2016–2020 yillarda sohalar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talab dinamikasini baholadilar.
Tahlil natijasida quyidagi asosiy xulosalar olindi:
- umumta’lim maktablari, litseylar va kasb-hunar kollejlari har yili mehnat bozoriga o‘rtacha 450 ming, oliy o‘quv yurtlari esa 100 ming nafar mutaxassisni tayyorlaydi;
- kasblar bo‘yicha konsentratsiya koyeffitsiyenti vrach, farmatsevt, tibbiyot hamshirasi, o‘qituvchi, bank xodimi, turizm sohasi xodimi, shuningdek, quruvchi, muhandis va texnolog kabi kasblar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilgan rezyumelarga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi;
- davlat tashkilotlarida o‘qituvchilar, vrachlar va tibbiyot xodimlariga talab yuqori;
- xususiy sektorda esa sotuvchilar, dasturchilar, texnologlar va muhandislar, marketologlar va ma’muriy xodimlarga talab yuqori;
- davlat korxonalari va yirik korxonalar ish qidiruvchilardan ko‘proq oliy ma’lumot talab qilmoqda: davlat muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarining 55% dan ortig‘i, yirik korxonalarda esa 60% dan ortig‘i ish qidirayotganlardan oliy ma’lumot talab etadi;
- xususiy sektorda esa ish tajribasi asosiy talabdir.
Mehnat bozoridagi vaziyat
O‘zbekiston mehnat bozorini tahlil qilganda, mamlakatda ishchi kuchi taklifi har yili asosan kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari hisobidan shakllanishini qayd etish mumkin. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari har yili mehnat bozoriga o‘rta hisobda 450 ming, oliy o‘quv yurtlari 100 ming nafar mutaxassisni tayyorlab chiqaradi.
2021-yil oxirida respublika mehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti 2,7 ni tashkil etganini ta’kidlash joiz. Bu mehnat bozorida zo‘riqish darajasi yuqori ekanligi, ya’ni ish qidirayotganlar rezyumesi mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan deyarli 3 baravar ko‘p ekanligini bildiradi.
1-qo‘shimchaMehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti - bandlik xizmatida ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolar sonining ish beruvchilar tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari soniga nisbati (rezyumelar sonining bo‘sh ish o‘rinlari soniga nisbati).Koeffitsiyent 1 dan qancha yuqori bo‘lsa, mehnat bozorida konsentratsiya darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar koeffitsiyent birdan past bo‘lsa, u holda mehnat bozorida kadrlar yetishmasligi kuzatiladi.Shunday qilib, mehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti ishchi kuchiga talab va taklif nisbatini tavsiflaydi. |
Shuningdek, kasblar bo‘yicha konsentratsiya koeffitsiyentini hisoblash natijalariga ko‘ra, tibbiyot (vrachlar – 0,02, farmatsevtlar – 0,18, hamshiralar – 0,19), ta’lim (o‘qituvchilar - 0,21), bank (0,22), turizm (0,31) va ishlab chiqarish (quruvchilar - 0,43, muhandislar, texnologlar - 0,60) sohalarida mutaxassislar yetishmasligi aniqlandi (1-rasmga qarang).
Mutaxassisliklarning haddan tashqari ko‘pligi AT (1,31), buxgalteriya (1,55), huquq (1,84) va eng yuqori ko‘rsatkich iqtisod (4,05) sohalarida kuzatilmoqda.
2-qo‘shimchaKasb bo‘yicha konsentratsiya koeffitsiyenti mehnat bozoridagi vaziyat qandayligi, ya’ni qaysi mutaxassisliklarga talab ortib borayotgani, qaysi mutaxassisliklarga esa pasayganini ko‘rsatadi.Shunday qilib, koeffitsiyent bitta bo‘sh ish o‘rniga qancha ishsiz (o‘z rezyumesini bandlik bo‘yicha davlat yoki xususiy agentlikka topshirganlar) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. |
.png)
1-rasm. Mehnat bozorida kasblar bo‘yicha konsentratsiya koeffitsiyenti
O‘zbekiston mehnat bozorini batafsil o‘rganish jarayonida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ish qidiruvchilar tomonidan taqdim etilgan rezyumelar haqida ma’lumotlar beruvchi ikkita asosiy platformani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlar bazasi;
- nodavlat ma’lumot bazalari (masalan, bugungi kunda HeadHunter kompaniyasi va Olx.uz sayti eng ommabop bazalar hisoblanadi).
Vazirlikning ma’lumotlar bazasida 49 959 ta ish beruvchi korxona, 6829 ta rezyume va 980 mingta bo‘sh ish o‘rni ro‘yxatga olingan. HeadHunter kompaniyasining bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlar bazasida juda ko‘p rezyumelar mavjud, ammo shunga qaramay, bo‘sh ish o‘rinlari soni ancha kam, atigi 4209 ta, rezyumelar soni 248735 ta, kompaniyalar soni 10901 ta.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlar bazasiga ko‘ra (2-rasmga qarang) tarmoqlar bo‘yicha o‘qituvchilar, shifokorlar, hamshiralar, ta’mirlovchilar, farmatsevtlar, texnolog va muhandislarga talab juda yuqori. Shuni ta’kidlash kerakki, bo‘sh ish o‘rinlarida bugungi kunda dunyoda talab yuqori bo‘lgan dasturchi, marketolog, menejer va onlayn operator kabi kasblar deyarli ko‘rsatilmagan.
.png)