PMTI ekspertlari o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlarni baholadi.
2021 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hajmi 8,1 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan. Buning 70 foizi yoki 5,6 milliard dollari Rossiya Federatsiyasidan o‘tkazilgan. O‘sha yili Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra) 1 036 305 kishini tashkil qilgan. 2021 yilda har bir mehnat muhojirining oylik o‘tkazmasi 453 AQSH dollarini tashkil qilgan.
Emigratsion tuzoq mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan muhojirlar o‘tkazadigan pul mablag‘i, binobarin o‘sha mamlakatning migratsion siyosatiga bog‘liq bo‘lgan bir vaziyatni tavsiflaydi. Muhojirlarni uyga qaytishga majbur qiluvchi har qanday iqtisodiy bo‘hron mamlakatdagi ishsizlar sonini keskin oshiradi va pul mablag‘larining kelmay qolishi kambag‘allikni yanada kuchaytiradi.
PMTI ekspertlari muhojirlar oqimiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni inobatga olgan holda tashqi mehnat muhojirligi imkoniyatlarini baholash bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Tahlil natijasida quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi:
- ingliz tilini bilish, diplomatik vakolatxonaning mavjudligi, aviachiptalar narxi, shuningdek, borayotgan mamlakatda YAIMning aholi jon boshiga ulushi mehnat muhojirligi uchun muhim omillar ekanligi ma’lum bo‘ldi;
- donor mamlakatda diplomatik vakolatxonaning mavjudligi mehnat muhojirlarining ketishini 16 foizga oshiradi;
- donor mamlakatlardagi ingliz tilini bilish talabi O‘zbekistondan ketayotgan mehnat muhojirlari oqimini 55 foizga kamaytiradi;
- imkoniyat 8 foizdan 80 foizgacha bo‘lgan Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun eng maqbul yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin;
- Singapur, Saudiya Arabistoni va Yaponiya kabi mamlakatlar 4 foizdan 49 foizgacha imkoniyatga ega. Ozarbayjon va Belarus Respublikasi MDH mamlakatlari orasida eng katta imkoniyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
.jpg)
Ko‘p jihatdan Rossiyadagi mehnat muhojirlari o‘tkazadigan pul mablag‘lariga bog‘lanib qolish nafaqat mehnat bozori, balki butun respublikadagi vaziyatni yanada chuqurlashtiradi. Shu sabablar tufayli ayni chog‘da ishchi kuchini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqish zarur. Shuni qayd etish joizki, O‘zbekistondan asosan malaka darajasi yuqori bo‘lmagan, o‘rta-maxsus ta’limga ega ishchilar ketmoqda. Ular asosan qishloq xo‘jaligi, qurilish va qisman xizmat ko‘rsatish (sotuvchilar, bemorga qarovchilar, farroshlar va boshqalar) sohalarida mehnat qilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyodagi 27 ta mamlakat[1] bilan mehnat bitimlariga ega. Shunga qaramay, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari yo‘l olayotgan asosiy mamlakatlar bo‘lib qolmoqda.
PMTI ekspertlari tashqi mehnat muhojirligi imkoniyatlaridan foydalanishni baholash uchun xalqaro miqyosda ishchi kuchining ketishi (dunyodagi 40 ta mamlakat bo‘yicha 2017-2019 yillarga oid ma’lumotlar) gravitatsion model qo‘llanildi. Bunda mehnat bitimlari, diplomatik vakolatxonalarning borligi, inflyatsiya, ishsizlik darajasi, o‘rtacha oylik maosh, aviachiptalar narxi, savdo sherikchiligi, vizalarning mavjudligi, Toshkent va boshqa davlatlarning poytaxtlari orasidagi masofa, inson salohiyatini rivojlantirish indeksi, ingliz tilini bilish indeksi, umumiy din kabi ko‘rsatkichlardan ham foydalanildi.
Qo‘shimcha: Gravitatsion model (lot.gravitas — og‘irlik, kuch, harakat) — makondagi ob’ektlar (shaharlar, hududlar, mamlakatlar) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tavsiflaydi. Huddi shu modelning turli xil ko‘rinishlari urbanizatsiya jarayoni, sanoat korxonalarini joylashtirish, eksport va import o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, aholi ko‘chishini tadqiq qilishda foydalaniladi.Model tenglamalari quyidagicha:KETISHij=β1+β2lnGDP+β3lnticket+β4DIP+ β5Eng.Ketish – mehnat muhojirlarining 2017-2019 yillar oralig‘ida j mamlakatdan i mamlakatga ketishi;lnGDP – YAIMning aholi jon boshiga ulushi;Lnticket – aviachiptalar narxi;Soxta o‘zgaruvchan DIP– diplomatik vakolatxonalarning mavjudligi;Eng – donor mamlakatlarda ingliz tilining mavjudligi. |