Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari O‘zbekistonda 2020-2023-yillarda aholi o‘zini o‘zi band qilishining yashirin iqtisodiyotni qisqarishiga ta’sirini o‘rgandi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va qator iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, aholi orasida o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat olib boradiganlar ulushining ortishi norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot bilan birga kambag‘allik darajasining qisqarishiga ham ta’sir qiladi. Chunki, hukumatlar tomonidan tadbirkorlarga keng yo‘l ochilishi, xususan ularni iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash aholining erkin faoliyat olib borish orqali daromadlari oshishiga turtki bo‘ladi (Gary S. Fields, Yoonyoung Cho, Hilal Atasoy[1]).
XMT tavsiyalari va tahlillariga ko‘ra, ish bilan band aholi orasida eng past daromadli va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlovga muhtoj hamda kambag‘allikka tushib qolish xavfi ostidagi qatlam – bu o‘zini o‘zi band qilgan aholidir. Dunyo bo‘yicha aholining o‘zini o‘zi band qilish darajasi o‘rtacha 42,5% ga[2] teng bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun: XMT uslubiyotiga ko‘ra, jami band aholiga nisbatan o‘zini o‘zi band qilganlar ulushi aholining o‘zini o‘zi band qilish darajasi hisoblanadi.
Dunyo mintaqalari orasida aholini o‘zini o‘zi band qilish darajasi keskin farqlanadi. Jumladan, past daromadli mamalakatlarda o‘zini o‘zi band qilish darajasi 76,5% ni tashkil etsa, o‘rtacha daromadli mamlakatlarda ushbu raqam 46,2%ni, yuqori daromadli mamlakatlarda esa 10,0% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zini o‘zi band qilish va norasmiy bandlikda ayollar ishtiroki yuqoriligicha qolayotgani hamda ularning mehnat va boshqa huquqlari to‘liq himoya qilinmasligi, oqibatda kambag‘allik holatiga tushish xavfi ostida yashayotgani tadqiqotlarda aks etgan[3] (Women in Informal Employment: Globalizing and Organizing (WIEGO)).
O‘zbekistonda aholining o‘zini o‘zi band qilishini rasmiylashtirish sinov tarzida 2019-yildan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar mehnat guvohnomasini olishi, ya’ni ro‘yxatdan o‘tishda bir yillik muddat uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 4,5 baravarigacha ijtimoiy soliq to‘lagan holda jami 24 turdagi kasbda faoliyat olib borishi mumkin.
O‘tgan davrda o‘zini o‘zi band qilishga aholini ko‘proq jalb etish hamda yangi mexanizm samaradorligini oshirish maqsadida unga qator yangiliklar kiritildi. Xususan bugunga kunga kelib, fuqarolar o‘zini o‘zi band qilishni rasmiylashtirish uchun BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi hamda 101 ta kasbda mehnat faoliyatini olib borish imkoniga ega.
Tahlillarga ko‘ra, 2020-yil davomida O‘zbekistonda 561,2 ming nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 2023-yil yakunida ularning soni 2 533,9 ming nafarga yetdi. (1-jadval). Bu davrda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 4,5 baravarga oshgan bo‘lsa, ularning ijtimoiy soliq shaklidagi jami tushumi 125,3 mlrd. so‘mdan 861,5 mlrd. so‘mgacha yoki 7 marotabaga oshgan.
1-jadval
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sonining o‘sish sur’ati
Hududlar |
2020-yilda (ming nafar) |
O‘zini o‘zi band qilish darajasi (foiz hisobida) |
2023-yilda (ming nafar) |
O‘zini o‘zi band qilish darajasi (foiz hisobida) |
2020-2023 yillardagi o‘sish sur’ati (baravar) |
|
Respublika bo‘yicha |
561,2 |
4,2 |
2533,9 |
18,1 |
4,5 |
|
1 |
Qoraqalpog‘iston Res |
24,8 |
3,6 |
108,8 |
14,8 |
4,4 |
2 |
Andijon viloyati |
60,3 |
4,9 |
224,4 |
16,9 |
3,7 |
3 |
Buxoro viloyati |
40,0 |
5,1 |
177,9 |
22,2 |
4,4 |
4 |
Jizzax viloyati |
17,7 |
3,3 |
110,2 |
19,9 |
6,2 |
5 |
Qashqadaryo viloyati |
37,8 |
3,2 |
270,1 |
22,1 |
7,1 |
6 |
Navoiy viloyati |
17,0 |
4,2 |
85,9 |
20,1 |
5,1 |
7 |
Namangan viloyati |
53,8 |
5,0 |
194,9 |
17,3 |
3,6 |
8 |
Samarqand viloyati |
78,0 |
5,5 |
339,2 |
22,6 |
4,4 |
9 |
Surxondaryo viloyati |
36,7 |
3,7 |
194,1 |
19,2 |
5,3 |
10 |
Sirdaryo viloyati |
13,6 |
4,1 |
68,4 |
20,2 |
5,0 |
11 |
Toshkent viloyati |
37,7 |
3,2 |
173,6 |
14,0 |
4,6 |
12 |
Farg‘ona viloyati |
63,0 |
4,4 |
229,7 |
14,8 |
3,6 |
13 |
Xorazm viloyati |
26,2 |
3,7 |
137,9 |
17,8 |
5,3 |
14 |
Toshkent shahar |
54,6 |
4,4 |
218,8 |
15,7 |
4,0 |
Manba:Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi ma’lumotlari.
Tahlil etilayotgan davrda o‘zini o‘zi band qilganlar soni va o‘zini o‘zi band qilish darajasining o‘sishi hududlarda turlicha kechgan.
Bu borada eng yuqori o‘sish Qashqadaryo viloyatiga tegishli (7 marta). Jizzax viloyatida 6 marta, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 5 martadan ortiq o‘sgan. Nisbatan pastroq o‘sish Andijon (3,7 marta), Farg‘ona (3,6 marta) va Namangan (3,6 marta) viloyatlarida qayd etilgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadlari shakllanishi va ortishida faoliyat yo‘nalishlari ham muhim rol o‘ynaydi (2-jadval). Hozirda o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turlari asosan qishloq xo‘jaligi, maishiy va ijtimoiy yo‘nalishdagi xizmat turlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, hududlarda ushbu sohalarda o‘zini o‘zi band qilganlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda.
Misol uchun: Jizzax viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlarning 39,7 %i, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida esa 37,6 %i qishloq xo‘jaligida band bo‘lsa, Buxoro viloyatida ushbu ko‘rsatkich 36,5 %ni tashkil etadi. Bu o‘rinda raqamli iqtisodiyot sohasidagi bandlar ulushi barcha hududlarda nisbatan pastligicha qolayotganini qayd etish lozim.
2020-2023-yillarda O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 10,5% dan 6,8% gacha, kambag‘allik darajasi 17,0% dan 11,0% gacha pasaygan. Ushbu davrda ish bilan band aholi orasida rasmiy bandlar soni 5,7 mln. kishidan 6,5 mln. kishigacha oshgan bo‘lsa, norasmiy bandlar ulushi 43,0% dan 39,0% gacha pasaygan. Bunga aholining o‘zini o‘zi band qilishni rasmiylashtirishi orqali daromad topishi asosiy sabablardan bo‘lgan.
2-jadval
O‘zini o‘zi band qilganlarning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi
(01.01.2024-y holatiga ko‘ra (foiz hisobida)
Hududlar |
Ijtimoiy soha |
Sanoat |
Qishloq xo‘jaligi |
Axborot kommunikatsiya |
Maishiy xizmatlar |
Boshqa sohalar |
Respublika bo‘yicha |
12,6 |
11,1 |
28,4 |
2,5 |
36,9 |
8,5 |
Qoraqalpog‘iston Res |
10,8 |
6,9 |
32,3 |
2,8 |
36,7 |
10,7 |
Andijon viloyati |
9,2 |
16,2 |
25,5 |
1,9 |
37,6 |
9,6 |
Buxoro viloyati |
11,0 |
8,0 |
36,5 |
1,5 |
36,3 |
6,6 |
Jizzax viloyati |
12,1 |
6,5 |
39,7 |
2,0 |
33,1 |
6,6 |
Qashqadaryo viloyati |
16,2 |
8,9 |
28,8 |
1,8 |
35,4 |
9,0 |
Navoiy viloyati |
8,3 |
6,8 |
35,1 |
1,5 |
42,2 |
6,2 |
Namangan viloyati |
13,6 |
12,3 |
33,4 |
1,6 |
30,9 |
8,2 |
Samarqand viloyati |
16,7 |
11,7 |
22,0 |
1,7 |
38,2 |
9,7 |
Surxondaryo viloyati |
13,6 |
7,7 |
37,6 |
1,9 |
31,1 |
8,1 |
Sirdaryo vil oyati |
8,2 |
7,9 |
36,0 |
2,0 |
35,8 |
10,1 |
Toshkent viloyati |
11,2 |
9,5 |
32,7 |
2,9 |
36,3 |
7,4 |
Farg‘ona viloyati |
8,0 |
21,8 |
26,8 |
1,7 |
33,6 |
8,1 |
Xorazm viloyati |
10,4 |
9,0 |
37,6 |
2,2 |
34,2 |
6,6 |
Toshkent shahri |
16,0 |
10,1 |
1,7 |
9,1 |
53,5 |
9,5 |