Мақолалар ва тезислар 2 феврал 2023 2 daq 2882
O'zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligi

O'zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligi

O'zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligi
Мақолалар ва тезислар · 2 феврал 2023

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda parrandachilik, shuningdek, tuxum ishlab chiqarish faol rivojlanmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 8 129,3 million dona tuxum ishlab chiqarilgan. Bu 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 4,4 foiz koʼp. 2016-2022 yillar davomida tuxum ishlab chiqarish 32,1% ga oshdi. Tuxumning asosiy qismi, yaʼni 61,9 foizi dehqon va shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarda, 23,3 foizi qishloq xoʼjaligi faoliyati bilan shugʼullanuvchi tashkilotlar tomonidan  yetishtirilmoqda.

Аmmo shuni taʼkidlash kerakki, Tuxum  yetishtirishdagi bu oʼsish parrandalar sonining koʼpayishi bilan bogʼliq boʼlib, ishlab chiqarish samaradorligi (bitta tovuqning yillik sertuxumliligi) pasaymoqda. 2016-2022 yillar davomida parrandalar soni 45,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, tovuqlarning yillik sertuxumliligi 2018-yildagi 244 donadan 2021-yilda 215 donaga yoki deyarli 12% ga kamaydi.

Taqqoslaydigan bo'lsak, Chilida bitta tovuqning yillik sertuxumliligi 350 dona (1,6 baravar koʼp), Rossiyada – 296 dona (1,4 baravar koʼp), Misrda – 294 dona (1,4 baravar koʼp), Isroilda – 254 dona (1,2 baravar koʼp), BААda – 238 dona (1,1 baravar koʼp). Shu bilan birga, Oʼzbekistonda tuxum ishlab chiqarish darajasi dunyodagi oʼrtacha koʼrsatkichdan 6,4% yuqori ekanligini taʼkidlash joiz.

Mahsuldorlikning yetarli darajada yuqori emasligiga parrandalarni notoʼgʼri oziqlantirish va parvarish qilish, shuningdek, ilgʼor texnologiyalarni joriy etishning past darajasi, koʼpchilik fermer xoʼjaliklarining kichikligi va tijoratlashtirishning past darajasi sabab boʼlishi mumkin.

Tuxum ishlab chiqarishda unumdorlikni oshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

Ilgʼor texnologiyalarni joriy etish. Аvtomatlashtirilgan oziqlantirish tizimlari, iqlim nazorati tizimlari va tuxum yigʼib olish tizimlari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tuxum ishlab chiqarishni yaxshilaydi va yoʼqotishlarni kamaytiradi.

Parvarishlashning maqbul sharoitlarini taʼminlash. Parvarishlashning yaxshi sharoitlari, shu jumladan toʼgʼri shamollatish, harorat va yorug‘likni nazorat qilish parrandalarning sog‘ligi yaxshilashi mumkin. Bu esa tuxum ishlab chiqarishning koʼpayishiga olib keladi.

Parrandachilik xoʼjaliklarining ishlab chiqarish ehtiyojlarini yuqori sifatli ozuqa, biologik qoʼshimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa qoʼshimchalari bilan toʼliq taʼminlash yaxshi natija beradi.