Мақолалар ва тезислар 24 феврал 2022 3 daq 5592
Как высшее образование влияет на зарплату

Как высшее образование влияет на зарплату

Как высшее образование влияет на зарплату
Мақолалар ва тезислар · 24 феврал 2022

PMTI aholi ish haqining oliy ta’lim darajasiga bog‘liq ravishda o‘sishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Jahon banki ekspertlarining bahosiga ko‘ra, har yilgi tahsil uchun ta’limning “o‘zini-o‘zi qoplash” ko‘rsatkichi dunyo miqyosida o‘rtacha 10% ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, oliy ta’lim maskanidagi butun tahsil olish davri (bakalavriat va magistratura) uchun ish haqi 40-60% ga ortadi. PMTI ekspertlari Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tadqiqotga oid mikroma’lumotlarga asoslangan holda oliy ta’limning “o‘zini-o‘zi qoplashi”ini ekonometrik tahlil qildi.   

O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot chog‘ida quyidagi natijalar olindi:

-Oliy ta’lim ish haqiga 50% gacha ustamani ta’minlaydi.

-Ish tajribasiga ega ekanlik ustama miqdorini 5% gacha oshiradi.

-ayollarda ta’lim sermahsulligi erkaklardagiga qaraganda yuqoriroq, aniqrog‘i 73%, erkaklarda esa 42%.

O‘zbekistonda oliy ta’limning ish haqiga ta’sirini baholash uchun PMTI xodimlari tomonidan Jizzax viloyati tanlab olindi. Chunki 2021-yilda inson imkoniyatlarining shunday muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan ta’lim davomiyligining eng yuqori darajasi Jizzax viloyatida kuzatildi va u 13,4 yilni tashkil etdi (respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 12,7 yil).

Ta’limning o‘rtacha davomiyligi – 25 va undan katta yoshdagi shaxslar (maktab, OTM va boshqalarda) tahsil olgan yillarning o‘rtacha soni

Jizzax viloyatida ta’lim davomiyligining yuqori ko‘rsatkichi aholi ta’lim darajasidagi farqlar bilan izohlanadi. Jizzaxda iqtisodiyot sohasida band bo‘lganlar orasida nafaqat oliy ma’lumotlilar (33,3%, respublika bo‘yicha 28,9%), balki o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lganlar (57,4%, respublika bo‘yicha 55,6%)ning ham ulushi yuqori.

Oliy ta’lim sermahsulligini baholash ish haqidagi ustama 50% gacha (bir yillik tahsil uchun 12,5% hisoblanganda), yetishini ko‘rsatdi.

Bunda ish haqining oshishida ish tajribasiga qaraganda oliy ta’lim muhimroq rol o‘ynashi aniqlandi. Masalan, aholining 30 yoshgacha bo‘lgan qismi uchun ish tajribasining borligi ularning ish haqi o‘rtacha 5% ga oshishida yordam beradi.  Aholining 30 yoshdan katta bo‘lgan qismi uchun esa bu raqam. Sermahsullikning bu qadar sezilarli oshishi mehnat unumdorligini oshiruvchi zarur mahorat va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan izohlanadi.

Ta’lim sermahsulligini jinslar bo‘yicha baholash ish haqi darajasida gender nomutanosibligi mavjudligini ko‘rsatdi. Shunga ko‘ra, ayollarda ta’lim sermahsulligi erkaklardagiga qaraganda yuqoriroq, aniqrog‘i 73%, erkaklarda esa 42%.

Shunday qilib, tahsil olish davomiyligi eng yuqori bo‘lgan hudud - Jizzax viloyati bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston ish haqiga nisbatan ta’lim sermahsulligi darajasi bo‘yicha rivojlanayotgan boshqa mamlakatlardan ortda qolmayapti, deb xulosa chiqarish mumkin.

PMTI ekspertlari kelgusi avlodlar daromadini oshirishdagi ustuvor yo‘nalish sifatida oliy ta’limni ommalashtirish bo‘yicha davlat siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi, degan xulosaga keldi.

Shu bilan birga ota-onalar ham farzandlari oliy ta’lim olishi uchun mablag‘ jamg‘arishga ular dunyoga kelgan paytdayoq jiddiy e’tibor qaratishi darkor. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim olish uchun moliya-kredit mexanizmlarini tatbiq etishni talab qiladi.

 

Naylya Ibragimova,
PMTI loyiha rahbari

Hujjat · PDF

Как высшее образование влияет на зарплату

Yuklab olish