Qoʻshimcha.Prognozlashtirish usuli. Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha kadrlarga talab prognozi tasodifiy effektlari boʻlgan panel ma’lumotlari asosida regression modeldan foydalanilgan holda hisoblandi. Iqtisodiyotda band boʻlganlarning umumiy soni, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi kabi omillardan foydalanildi. Ushbu usulda faqat sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasi kabi yirik tarmoqlar hisobga olingan. Model uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2009–2020 yillarga oid hududlar boʻyicha statistik ma’lumotlaridan foydalanildi. |