Янгиликлар 3805 ko'rishlar
Prognozlashtirish va Makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy parametrlar progonozini ishlab chiqish masalalari bo’yicha loyiha rahbari o’rinbosari - Strategik rejalashtirish va makroiqtisodiy parametrlarni tahlil qilish va prognozlash bo’yicha yig’ma guruh rahbari lavozimiga Jalolov Jasur Jo’raboy o’g’li nomzodi tayinlandi

Jasur Jalolov 1993-yil 29-dekabr kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tavallud topgan. U 2017-yilda Toshkеnt Moliya Institutining Bank ishi yo’nalishi bo’yicha bakalavr bosqichini, 2020-yilda Germaniya Siegen Univеrs...

8 сентябр 2021
3805 ko'rishlar
0 Biriktirilgan fayllar
Videogalereya

Jasur Jalolov 1993-yil 29-dekabr kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tavallud topgan. U 2017-yilda Toshkеnt Moliya Institutining Bank ishi yo’nalishi bo’yicha bakalavr bosqichini, 2020-yilda Germaniya Siegen  Univеrsitеti magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2019-2020 yillarda SCOR Reinsurance Germany qayta sug’urtalash kompaniyasida yordamchi, 2021-yil Aprel-May oylarida Asaka bank bosh ofisi transaksion mahsulotlarni sotish boshqarmasida mutaxassis, 2021-yil May-Avgust oylarida Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysida Xatarlarni boshqarish bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda uning asosiy tadqiqot yo'nalishlari Vaqtli Qatorlarni tahlil qilish va prognozlash, moliyaviy ekonometrika va moliyaviy risklarni modellashtirishga qaratilgan. Jumladan Vaqtlik Qatorlar (ARIMA, ARCH, GARCH), moliyaviy instrumentlarning risklarini (CAPM, VaR) modellashtirish bo’yicha mutahassis.

Data Science (Coursera-IBM), Data Science SQL va Python bilan (Coursera-IBM), Jahon Bankining rivojlanish hisoboti doirasida 2020-2019 yillarda (WDR - World Bank Development Report) a’lo tasnifiga ega sertifikatlari, moliyaviy bozorlar tahlili (edX - Xalqaro Valyuta Fondi), moliyaviy modellashtirish; funtamental statistika 1,2,3 (LinkedIn Learning), rivojlanayotgan bozorlar va iqtisodiyot uchun Investitsiya va moliyani ochish (edX - Jahon Banki), vaqtli qatorlar tahlili; GARCH models Pythonda and R (DataCamp), Sieg Model United Nations Conference 2019 da qatnashib tegishli sertifikatlarga ega bo’lgan.