Anton Kostyuchenko 1988-yil 2-sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2010-yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining Iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha bakalavr bosqichini, 2012-yilda esa ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan. Bugungi kunda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi. Institutda 2011-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Anton Kostyuchenkoni "Экономист" va "Инновации" kabi rus jurnallarida, shuningdek, OAK ro'yxatiga kiritilgan bir qator mahalliy jurnallarda bir qancha maqolalari chop etilgan. Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni tahlil qilish va prognozlash, milliy innovatsion tizimni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va bozorni erkinlashtirish uning tadqiqotlarining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi. U BMTTDning "O'zbekistonda inson taraqqiyoti" (2011, 2012, 2013 va 2014 yillar), "Dalillarga asoslangan hujjatlarni yozish uchun o'qitish ko'nikmalari va metodologiyasi" kurslarini, Koreya taraqqiyot instituti (KDI) o'quv seminarini muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega bo’lgan. U Janubiy Koreyada innovatsion siyosatni joriy etish tajribasini o'rgangan, Xalqaro Valyuta Jamg'armasining "Makroiqtisodiy prognozlash", "Moliyaviy dasturlash va siyosat" hamda "Makroiqtisodiy diagnostika" o`quv kurslarida ishtirok etib malakasini oshirgan.