Янгиликлар 1562 ko'rishlar
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) 2022 yil 1-choragi uchun qabul e’lon qiladi

Loyiha I. PMTIda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi: Tayanch doktorantur...

6 сентябр 2021
1562 ko'rishlar
0 Biriktirilgan fayllar
Videogalereya

Loyiha

 

I. PMTIda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD)  va doktoranturaga (DSc)  hamda mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

 

Tayanch doktoranturaga

 

08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                       2 ta o‘rin

08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                              2 ta o‘rin

 

Doktoranturaga

 

08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                        1 ta o‘rin

08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                              1 ta o‘rin

 

Mustaqil izlanuvchilikka

 

08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”                                       

08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”                             

 

Barcha talabgorlar hujjatlarini phd.mininnovation.uz saytining yagona elektron tizimi orqali topshiradilar (yuklaydilar) va ro‘yxatdan o‘tadilar. Amaldagi talablarga javob bergan hujjatlar PMTI ma’sul xodimi tomonidan qabul qilinadi.

 

Kirish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati

 

Tayanch doktoranturaga (PhD)  o‘qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  1. Institut direktori nomiga ariza;

  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);

  3. Oliy o‘quv yurti diplomi yoki magistrlik diplom nusxasi;

  4. Mehnat daftarchasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis bo‘lishi shart) va ularning ko‘chirma nusxalari;

  6. Rasm 4 dona (3x4);

  7. Pasport nusxasi.

Barcha mazkur hujjatlar PDF formatda tayyorlanadi va Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Doktoranturaga (DSc)  o‘qishga kiradigan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi: 

  1. Institut direktori nomiga ariza;

  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);

  3. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

  4. Mehnat daftarchasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi

  5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning batafsil reja loyihasi;

  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis bo‘lishi shart) va ularning ko‘chirma nusxalari.

 

Ishdan uzilmagan holda ilmiy ish (mustaqil izlanuvchilik) bilan shug‘ullanadiganlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari zarur:

  1. Ma’lumotnoma-ob’ektivka;

  2. Magistrlik diplomi nusxasi (mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha). Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi – falsafa doktori ilmiy darajasini mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun;

  3. Mehnat daftarchasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  4. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning ko‘chirma nusxalari;

  5. Fan doktori ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka rasmiylashtirish uchun oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki chet elda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxalari;

  6. Ish joyidan tavsifnoma.

 

Oʻqishning kunduzgi shakli – tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

 

Mustaqil izlanuvchilikning (PhD) va (DSc) sirtqi o‘quv shakliga hujjatlar quyidagi davrlarda yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi:

15 yanvardan 15 fevralga qadar;

15 apreldan 15 mayga qadar;

15 iyuldan 15 avgustga qadar;

15 oktabrdan 15 noyabrga qadar.

 

Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining qabul komissiyasi tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirish quyidagi imtihonlar natijalari bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

1. Mutaxassislik bo‘yicha:

“Makroiqtisodiyot”

“Mintaqaviy iqtisodiyot”;

2. Chet tili.

 

Talabgorlarda malaka sertifikati IELTS (o‘rtacha bali 5,5 dan kam bo‘lmagan, TOEFUL (PBT) (87 balldan kam bo‘lmagan) va  CEER (V2 darajasidan kam bo‘lmagan) mavjud bo‘lgan hollarda ular chet tili bo‘yicha  imtihon topshirishdan ozod etiladilar.

 

Doktoranturaga o‘qishga kirish taqdimot natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

II. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun taqdimot 1 noyabrdan 25 noyabrga qadar o‘tkaziladi.

III. 30 noyabrga qadar bo‘lgan muddatda Qabul komissiyasi tayanch doktorantura va doktoranturaga kiruvchi nomzodlar tanlovini amalga oshiradi.

IV. Kirish imtihonlari natijalari Qabul komissiyasining yig‘ilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va 5 kunlik muddat ichida Ilmiy kengashga tasdiqlash uchun kiritiladi.

V. Doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul 5 dekabrga qadar rahbariyat burug‘i bilan amalga oshiriladi. O‘qishlar keladigan yilning 1 yanvaridan boshlanadi.

 

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish Qabul komissiyasining suhbat va uning natijalari asosida har chorak oxirida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlari bilan amalga oshiriladi:

16 fevraldan 5 martga qadar;

16 maydan 5 iyunga qadar;

16 avgustdan 5 sentabrga qadar;

16 noyabrdan 5 dekabrga qadar.

 

 Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

-magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

-falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

-falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

-fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutidagi ixtisoslik tegishli bo‘lgan fan tarmog‘iga muvofiq bo‘lishi kerak.

Mutaxassisliklar muvofiq bo‘lmaganda dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish masalalari Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Tayanch doktoranturaga qabul qilishda bir nechta talabgorlar bir xil ballarga ega bo‘lgan holda quyidagilar imtiyozli tanlov huquqlariga ega bo‘ladilar:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi egalari;

- magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatganlar;

- mualliflik guvohnomalari va patentlari mavjud bo‘lganlar.

 

Doktoranturaga (DSc)  kirishda imtiyozga ega talabgorlar:

  • 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lganlar;

  • mualliflik guvohnomalari va patentlarga ega bo‘lganlar;

  • Nashr etilgan monografiyalari mavjud, shu jumladan O‘zR OAK talablari asosida chet elda ilmiy maqolalari chop etilgan;

  • Ilmiy ishining 50 foizidan ortig‘i yozilgan.

 

Asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 606-son Qarori.