So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sut chorvachiligi va sut ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Birgina 2016-2022 yillarda sut ishlab chiqarish miqdori deyarli 20% ga oshdi.
Аmmo ishlab chiqarishning bu oʼsishini nima taʼminlayotganini koʼrib chiqsak, Bu davrda respublikada sigirlar soni 17,7% ga oshib, ishlab chiqarish samaradorligining oʼsishi esa 1,0% dan kam boʼldi.
Shunday qilib, 2021-yilda bitta sigirdan sog'ib olinadigan yillik oʼrtacha sut miqdori atigi 2310,4 kgni tashkil etdi. Holbuki, Rossiya Federatsiyasida bu koʼrsatkich 5016,7 kgni (2,2 baravar koʼp), Belarus Respublikasida 5366,7 kgni (2,3 baravar koʼp), Аvstriyada 7275,3 kgni (3,1 baravar koʼp), Niderlandiyada 9148,8 kgni (deyarli 4 baravar koʼp), Isroilda 12736,2 kgni (5,5 baravar koʼp) ni tashkil etadi.
Oʼzbekistonda har ming kishiga 140 bosh sigir toʼgʼri kelgan bir paytda, АQShda bor-yoʼgʼi 40 bosh, Buyuk Britaniyada 44 bosh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 45-48 bosh sigir toʼgʼri keladi.
Bularning barchasi yaylov muammosini yuzaga keltiradi. Ularning aksariyati yomon ahvolda. 2,5 million gektarga yaqin yaylovlar yaroqsiz holatga kelgan. Mahalliy olimlarning fikricha, hozirgi kunda mamlakatdagi yaylov yerlarining 16,4 million gektari (78%) yaroqsiz holatga kelgan, yaylov va pichanzorlarda o‘simlik turlari soni 20% dan ko‘proqqa, hosildorlik esa 2 barobar kamaygan.
Shunday qilib, sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalasi hozirgi vaqtda juda keskin.
.jpg)