Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan dunyo mamlakatlarida ta’lim darajasining elektron tijorat rivojlanishiga ta’siri o‘rganildi
Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:
1. Ta'lim dunyo mamlakatlarida elektron tijorat rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga (f.p.) ortishi elektron tijorat rivojlanishi indeksining oʻrtacha 0,06 birlikka oshishiga olib keladi.
2. Ta'limning ta'siri ayniqsa, daromadi o'rtachadan past bo'lgan mamlakatlar guruhida (2500
3. Elektron tijoratning rivojlanishiga ta’lim omili bilan bir qatorda ayollar ulushi, aholining real daromadlari va internetdan foydalanuvchilarning ulushi (infratuzilma) ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiyotlar tahlili
Ta'lim Turkiya (Ş_Ünver, 2021), Yevropa mamlakatlari (SC Ho, 2007) va rivojlanayotgan mamlakatlarda (JE Lawrence, 2010) elektron tijoratning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Turkiyada odamlarning ta'lim darajasi oshgani sayin, oilalarda onlayn xaridlarga moyillik oshgani aniqlandi (Ş Ünver, 2021). J.Laurencning (2010) fikriga ko'ra, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining katta qismi internetdagi ma'lumotlardan foydalanishda ma'lum bir to'siqlarga duch keladi. Chunki onlayn ma'lumotlarni olish ma'lum darajada bilim va malakani talab qiladi.
Ta'lim odamlarga elektron tijorat platformalaridan samarali foydalanish, iste'molchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish va muvaffaqiyatli onlayn biznes strategiyasini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi (A.Liban va boshqalar, 2023). Kuchli ta'lim bazasi bo'lmasa, kompaniyalar doimiy o‘zgaruvchan elektron tijorat bozoriga moslashishga qiynaladi va buning oqibatida ular o'sish va innovatsiyalar uchun qimmatli imkoniyatlardan mahrum bo'ladi.
Bundan tashqari, ta’lim innovatsiyalar va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalaydi, bu esa elektron tijoratni rivojlantirish uchun muhim. Odamlarga onlayn biznesni yaratish va boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish orqali ta’lim tadbirkorlarga tavakkal qilish, yangi g‘oyalar bilan tajriba o‘tkazish va raqamli bozor ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi (A Khattak, 2023)
Metodologiya
Ta’limning elektron tijorat rivojlanishiga ta’sirini tahlil qilish uchun 2016-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davr bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferentsiyasi (UNCTAD) hamda Jahon bankining mamlakatlararo panel ma'lumotlari asosida 152 ta mamlakat uchun ekonometrik modellar yaratildi.
Bu jarayonda elektron tijoratning rivojlanish darajasini aks ettiruvchi erksiz o'zgaruvchi sifatida UNCTAD B2C elektron tijorat indeksidan foydalanildi.
Nazariy tadqiqotlarda elektron tijoratning rivojlanishi aholi turmush darajasi va AKT infratuzilmasi ko'rsatkichlariga asoslanganligi sababli tushuntiruvchi o'zgaruvchilar sifatida quyidagi omillar tanlab olindi:
1. Universitet talabalari ulushi;
2. Aholining real daromadlari (2015-yilga nisbatan o’zgarmas narxlarda)
3. Internetdan foydalana oladigan abonentlarning har 100 kishiga to‘g‘ri keladiigan soni (foydalanuvchilar soni).
Panel ma'lumotlarning ekonometrik tahlili uchun doimiy va tasodifiy ta'sirga ega modellar taqqoslandi. Xausman testi natijalariga ko'ra (Prob> chi2 = 0,00) doimiy ta'sirga ega model afzalroq ekani aniqlandi.
Shu bilan bir qatorda, modelda geteroskedastiklik (Modified Wald testi Prob>chi2 =0,00) va avtokorrelyatsiya (Vuldrij testi panel ma'lumotlarida avtokorrelyatsiya uchun Prob > F = 0,00) mavjud. Shuning uchun doimiy ta'sirga ega modelning baholari ishonchli emas. Yuqoridagi omillarni hisobga olish uchun AR (1) bilan GLS regressiya modelidan foydalanildi.
Natijalar
Mamlakatlarning umumiy guruhini tahlil qilish doirasida universitet talabalari ulushining 1 foiz punktiga oshishi, elektron tijoratning rivojlanishiga o‘rtacha 0,06 birlik hissa qo‘shishi aniqlandi. Ayollar ulushining 1 foiz punktiga ortishi, elektron tijoratning 0,79 birlikka, daromadning 1 foizga – 0,1 birlikka, internet foydalanuvchilari ulushining 1 foiz punktiga o'sishi esa – 0,25 birlikka rivojlantiradi.
O'zbekiston daromadi o'rtachadan past bo'lgan mamlakatlar guruhiga tegishli bo‘lgani sababli, bu mamlakatlar guruhi umumiy tanlanmadan ajratilgan. Ushbu guruh uchun ta'lim samarasi deyarli 4 barobar yuqori va 0,24 ni tashkil qiladi. Ayollara ulushi va daromadi ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi, biroq internet foydalanuvchilari soni unchalik katta ahamiyatga ega bo'lmadi.
Bunga ushbu guruh mamlakatlarida yo'l infratuzilmasi (ayniqsa, qishloq joylarida) elektron tijorat imkoniyatlaridan to'liq foydalanishga imkon bermasligi sabab bo'lishi mumkin. Chunki tovarlarni yetkazib berish jarayonida muammo tug‘iladi. Ushbu gipoteza mikrodarajada ushbu guruh mamlakatlaridagi qishloq hududlarini tahlil qilishning keyingi mavzusidir.
Xulosalar
1. Ta'lim elektron tijoratni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi ayniqsa, daromadi o'rtachadan past bo'lgan mamlakatlar guruhida.
2. Ta'lim bilan bir qatorda aholining daromadlari, ayollar ulushi va internetdan foydalanish imkoniyati ham elektron tijoratning ommalashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
3. Daromadi o‘rtachadan past bo'lgan mamlakatlar guruhida Internet sezilarli ta'sir ko'rsatmadi. Bu esa Internetning salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmaganini bildiradi va vaziyatni qo'shimcha tahlil etishni talab qiladi.
Anton Kostyuchenko,
MHTI loyiha rahbari
Odiljon Nazarov,
MHTI yetakchi ilmiy xodimi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Liban, A., Amayreh, K. T., Al Moaiad, Y., Farea, M. M., Al-Haithami, W. A., & El-Ebiary, Y. A. B. (2023). The Role of Electronic Commerce in Supporting the Strategic Management Decision-Making. Journal of Survey in Fisheries Sciences, 10(2S), 2645-2666.
2. Khattak, A. (2022). Hegemony of digital platforms, innovation culture, and e-commerce marketing capabilities: The innovation performance perspective. Sustainability, 14(1), 463.
3. Ünver, Ş., & Alkan, Ö. (2021). Determinants of e-commerce use at different educational levels: empirical evidence from Turkey e-commerce use at different educational levels. International Journal of Advanced Computer Science and Applications, 12(3).
4. Ho, S. C., Kauffman, R. J., & Liang, T. P. (2007). A growth theory perspective on B2C e-commerce growth in Europe: An exploratory study. Electronic Commerce Research and Applications, 6(3), 237-259.
5. Lawrence, J. E., & Tar, U. A. (2010). Barriers to e-commerce in developing countries. Information, society and justice journal, 3(1), 23-35.