Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari global ishsizlik muammosiga qarshi kurashishda yordam beradigan ish o'rinlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Masalan, mobil telefon ilovalari sanoatining ravnaq topishi rivojlangan va jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rtacha korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) O‘zbekistonda Internet va mobil aloqaning rivojlanishi ishsizlik darajasiga qanday ta’sir etayotganini hisobladi.
Tahlil so‘ngida quyidagi natijalar olindi:
-
Optik tolali internet uzunligining 100 km ga oshishi ishsizlikning 0,04 f.p. ga qisqarishida yordam beradi.
-
Internetdan foydalanuvchilar sonining 1 f.p.ga ortishi ishsizlikni 0,02 f.p. ga kamaytiradi.
-
100 ta yangi asosiy uyali aloqa stansiyasining qurilishi ishsizlik darajasini 0,05 f.p. ga kamaytirish imkonini beradi.
Garvard biznes maktabi rahbarligida olib borilgan "Reklama, kontent, savdo va innovatsiya bozorini yaratadigan Internetning iqtisodiy ta’siri: AQShning ish bilan bandligi va YaIMga qo‘shgan hissasi" nomli tadqiqot[1] natijalariga ko‘ra:
-
AQShda 17 milliondan ortiq ish o‘rinlari tijorat Internet korxonalari tomonidan yaratilgan. Bu esa to‘rt yil avvalgi natijaga qaraganda 7 millionga ko‘p.
-
Kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Internetdagi eng yirik Internet kompaniyalariga qaraganda ko'proq ish o'rinlarini yaratadilar – 38% va 34%.
