O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati bir-biridan keskin farq qiladi va o‘z navbatida mehnat bozoridagi jarayonlarga ta’sir etadi. Odatda, aholi soni ko‘p bo‘lgan hududlarda ishsizlik darajasi ham yuqori bo’ladi. Shuningdek, hududlarning mehnat bozorini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlar ham mavjud, masalan, o'rtacha oylik ish haqi, bo'sh ish o'rinlari soni va boshqalar. Hududlarning mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilish uchun Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Hududlar mehnat bozori indeksini (MBI) hisoblab chiqdi.
Mehnat bozori indeksi davlat organlari vakillari, bevosita ish beruvchilar va ish qidiruvchilarga hududlardagi mehnat bozorining joriy holati bo‘yicha zarur ma’lumotni olish imkonini beradi. Demak, indeks quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- davlat organlari vakillariga hududlar bo‘yicha mehnat bozoridagi holatga baho berish, mehnat bozorining rivojlanishi nuqtai nazaridan hududlarni tasniflash, barqaror vaziyatga erishish uchun zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish;
- ish beruvchilarga mehnat bozorining holatiga oid tendensiyalarni ko‘rsatish va shu orqali yangi xodimlarni ishga jalb qilish bo‘yicha strategiyani to‘g‘ri yo‘nalishga solish;
- ish qidiruvchilarga takliflarni qidirish uchun eng qulay davrni tanlash, talab va ish o‘rinlariga oid o‘zgarishlarni kuzatib borish va shu orqali ish joyi yoki sohasini o‘zi uchun foydali tomonga o‘zgartirishni rejalashtirish.
Indeksni hisoblash uchun ishsizlik darajasi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va rezyumelar soni, mehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti va o‘rtacha oylik maosh miqdori kabi ko‘rsatkichlardan foydalanildi.
.jpg)
Barcha ko‘rsatkichlarni yagona o‘lchov birligiga keltirishda Minimaks va Maksimin usullaridan foydalanildi. Mazkur usullar 0 dan 100 gacha bo‘lgan diapazonda ma’lumotlarning chiziqli modifikatsiyasini ifodalaydi. Agar indikator qiymatining oshishi ijobiy jarayon bo‘lsa, Minimaks usuli qo‘llaniladi, ya’ni o‘zgarishlardan so‘ng eng kam qiymat 0 ga, eng katta qiymat esa 100 ga teng bo‘ladi. Indikator qiymatining oshishi salbiy jarayon hisoblangan holatda Maksimin usuli qo‘llaniladi, ya’ni o‘zgargan ma’lumotlar teskari xarakter kasb etadi – eng kam qiymat 100 ga, eng katta qiymat 0 ga teng bo‘ladi. Indeksning yakuniy qiymati barcha indikatorlar bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymatni qo‘llash orqali hisoblanadi.
Qo‘shimcha. Foydalaniladigan indikatorlarni asoslashIjobiy indikatorlar:Bo‘sh ish o‘rinlari soni ma’lum bir xodimga bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.O‘rtacha oylik maosh (o.m.) tarmoqlar segmentidagi o‘rtacha oylik maosh dinamikasini aks ettiradi.Salbiy indikatorlar:Rezyumelar soni mehnat taklifini aks ettiradi.Ishsizlik darajasi mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatini aks ettiradi.Mehnat bozoridagi konsentratsiya koeffitsiyenti bitta bo‘sh ish o‘rniga to‘g‘ri keluvchi rezyumelar sonini belgilaydi. |
Hududlar mehnat bozori indeksini hisoblash natijalariga ko‘ra, uch guruhga bo‘lindi: yuqori, o‘rta, past va o’ta past (1-jadval).
1-jadval
Hududlardagi mehnat bozori indeksi
Hudud |
Indeks |
Ishsizlik darajasi |
Bo‘sh ish o‘rinlari soni |
Rezyumelar soni |
Bitta bo‘sh ish o‘rniga javoblar dinamikasi |
O‘rtacha oylik maosh |
Yuqori daraja |
||||||
Toshkent sh. |
97.6 |
100.0 |
100.0 |
88.2 |
100.0 |
100.0 |
Toshkent |
58.4 |
18.0 |
53.5 |
91.9 |
97.9 |
30.7 |
Navoiy |
57.0 |
45.3 |
0.8 |
100.0 |
73.8 |
65.2 |
O‘rta daraja |
||||||
Buxoro |
41.8 |
17.3 |
9.4 |
88.8 |
81.7 |
12.0 |
Andijon |
36.2 |
6.8 |
10.1 |
74.9 |
74.9 |
14.1 |
Farg‘ona |
36.2 |
3.8 |
16.2 |
77.9 |
83.3 |
0.0 |
Sirdaryo |
33.8 |
0.7 |
0.0 |
94.6 |
64.2 |
9.4 |
Xorazm |
33.4 |
10.3 |
2.5 |
83.2 |
62.7 |
8.3 |
Namangan |
25.4 |
14.5 |
6.4 |
53.0 |
52.3 |
0.7 |
Past daraja |
||||||
Jizzax |
19.2 |
0.0 |
1.0 |
61.4 |
32.2 |
1.3 |
Samarqand |
17.0 |
0.2 |
16.0 |
12.1 |
55.5 |
1.3 |
Surxondaryo |
11.7 |
3.1 |
3.3 |
31.0 |
19.7 |
1.3 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
10.2 |
7.0 |
0.9 |
32.9 |
0.0 |
10.1 |
O’ta past daraja |
||||||
Qashqadaryo |
2.2 |
1.7 |
4.6 |
0.0 |
3.3 |
1.5 |