Temiryo'l sohasini isloh qilish bo'yicha Ispaniya tajribasi
Temiryo'l sohasini isloh qilish bo'yicha Ispaniya tajribasi
IMRS
IMRS Tadqiqot21 сентябр 2023
Мақолалар ва тезислар · 21 сентябр 2023
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari temiryo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha Ispaniya tajribasini o‘rgandi.
2005-yilga qadar Ispaniya temir yo‘llari RENFE monopol davlat kompaniyasi tominidan boshqarilgan. Bu paytga kelganda temiryo‘l tizimida raqobatning yo‘qligi va boshqaruv samaradorligining pastligi, investitsiyalarning yetishmasligi, xavfsizlik standartlariga yetarli darajada rioya qilinmasligi kabi qator tarkibiy muammolar to‘planib qolgandi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida 2005-yilda temiryo‘l sohasini liberallashtirishga qaratilgan islohotni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi va RENFE 2ta alohida tashkilotga bo‘lindi: ADIF yangi infratuzilmani qurish va mavjud infratuzilma ekspluatatsiyasi uchun mas’ul etib tayinlangan bo‘lsa, RENFE-Operadora kompaniyasiga transport xizmatlarini ko‘rsatish vazifasi yuklandi. Ikki boshqaruvchi kompaniya o'rtasida funksiyalar va mas’uliyatning aniq taqsimlanishi islohot muvaffaqiyatining kaliti bo‘ldi.
Islohot natijasida transport xizmatlari bozorida raqobat muhiti yaratildi, ammo infratuzilma obyektlarining monopol nazorati saqlanib qoldi. ADIF infratuzilma ustidan monopol boshqaruvni saqlab qoldi. O‘z navbatida, operatorlarga infratuzilmaga kirish va undan foydalanish imkoniyati uchun teng huquqlar taqdim etildi. Raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida RENFE-Operadora 4ta alohida kompaniyaga bo‘lindi (“Renfe Viajeros”, “Renfe Mercancías”, “Renfe Alquiler de Material Ferroviario”,“Renfe Fabricación y Mantenimiento”).
Ispaniyada qabul qilingan faoliyatni vertikal taqsimlash modeliga ko‘ra, infratuzilma davlat monopoliyasi. ADIFning muhim vazifasi operatorlarning infratuzilmaga ochiq-oydin kirishini ta’minlashdirt. Buning uchun operatorlar ADIFga haq to‘lashi darkor. U Ispaniyada soliq hisoblanadi va har yili umumiy davlat byudjetida belgilanadi. Foydalanish uchun to‘lanadigan haq temiryo‘l transporti faoliyati bilan bevosita bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadi[1].
2022-yilda Ispaniya yuqori tezlikda harakatlanish mumkin bo‘lgan magistrallarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarni boshladi. 2021-yilgacha Ispaniyada buy o‘nalishda faqat bitta operator bor edi. Ayni chog‘da bozorda 3ta kompaniya faoliyat yuritmoqda (“Renfe”, “Ouigo España”, “Iryo”).
Xususiy operatorlarning taklif etilishi temiryo‘l chiptalari narxining pasayishi va yo‘nalishlardagi poyezdlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Masalan, “Iryo” kompaniyasining arzon narxlariga javoban (18 yevrodan), “Renfe” o‘zining arzon “Renfe Avlo” loukosterini ishga tushirdi. Bozorga xususiy operatorlarning kirib kelishi tufayli Madrid-Barselona, Madrid-Valensiya va Madrid-Janub yo‘nalishlari bo‘yicha poezdlar sonining ikki barobar ko‘payishi kutilayapti. Shuningdek, tezyurar poyezdlar geografiyasini kengaytirish jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, Sevilyaga yangi yo‘nalish ochish rejalashtirilmoqda.
Shunday qilib, narxlarning pasayishi va raqobatning rivojlanishi yaxshi natijaga erishishda yordam berdi. Xususan, 2019-yilning avgust oyida Madrid va Barselona oralig‘ida 265 ming yo‘lovchi safar qilgan bo‘lsa, 2022-yilning avgust oyida ushbu ko‘rsatkich 310 ming kishini tashkil qildi.[2]