Мақолалар ва тезислар 26 октябр 2023 4 daq 1268
Qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish orqali suv tanqisligini kamaytirish

Qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish orqali suv tanqisligini kamaytirish

Qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish orqali suv tanqisligini kamaytirish
Мақолалар ва тезислар · 26 октябр 2023

 

Suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish davrida kuchayib bormoqda. Sug‘orishda suv tejamjamkor texnologiyalar qo‘lanayotgan bo‘lsada, suvni ekin maydoniga olib borishdagi yo‘qotishlar manbadan olingan jami hajmning 1/3 qismini tashkil etmoqda. Bu asosan tuproqli kanal va ariqlarda suvni yerga shimilishi va bug‘lanishi ta'sirida yo‘qolayotgani qayd etilmoqda.

Buning natijasida sug'orishda yuzaga kelayotgan suv tanqisligini kamaytirishning qanday usullar va yondashuvlar bor?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari bunga oydinlik kiritish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish orqali suv tanqisligini kamaytirish bo‘yicha tadqiqot olib bordi.

Tadqiqot ekinlarni sug‘orishda Sirdaryoning suv resurslaridan foydalanadigan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining tumanlarida olib borildi (1-ilova).

Ya’ni Sirdaryo daryosi o‘zanidan Mirzacho‘lning ichki qismigacha bo‘lgan 200 kilometrga yaqin masofadagi hudud shartli ravishda 3 ta zonaga bo‘lindi hamda jami ekin maydonidagi:

- har bir zonadagi tumanlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda suvni ko‘p talab qiladigan (sholi, kartoshka, sabzavot, paxta kabi ekinlarning suv iste’moli me’yori 8 ming m3 /ga dan 25 ming m3 /ga gacha) ekinlarning ulishi;

- hamda suvni kam talab qiladigan ekinlar (mosh, no‘xat, kuzgi bug‘doy va yem-xashak ekinlarning suv iste’moli me’yori 3 ming m3 /ga dan 5 ming m3 /ga gacha) ekinlarning ulushi ko‘p yoki kamligi tahlil qilindi.

Birinchi zonada Sirdaryo viloyatining Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo kabi daryo bilan tutash tumanlari joylashgan. Bu tumanlarda jami ekin maydonlarining 42,8-44,1 foizini suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlar egallaydi.

Bu ko‘rsatkich ikkinchi zonada joylashgan Xovos tumanida 34 foizga, Mirzaobod tumanida 43,5 foizga teng.

Uchinchi zonaga kiritilgan, Sirdaryo o‘zaniga nisbatan 60-70 km. masofada joylashgan Oqoltin tumanida esa bu ko‘rsatkich 46,8 foizni, Sardoba tumanida 51,1 foizni, Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 41,9 foizni, Do‘stlik tumanida 55,2 foizni, Mirzacho‘l tumanida 45,9 foizni, Paxtakor tumanida 45,8 foizni tashkil etadi.

Afsuski, daryo o‘zanidan uzoqlashgan sari suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlar yetishtiriluvchi maydonlarning jami ekin maydonlaridagi ulushi ortib bormoqda. Bu suvni ko‘p yo‘qotish hamda suvni yetkazib berish harajatlari (1 m3 suv uchun o‘rtacha 32-45 so‘m) ning ortishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatda daryo o‘zanidan uzoqlashgan sari suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni joylashtirishni ham 50 foizdan 10 foizgacha kamaytirib borish maqsadga muvofiq.

Sirdaryodan cho‘l zonasiga tortilgan Janubiy Mirzacho‘l kanalining uzunligi 127 kilometr bo‘lib, vegetatsiya davridagi oqim hajmi soniyasiga 300 m3 ni, uzunligi 117 kilometrga teng bo‘lgan “Do‘stlik” kanalida esa soniyasiga 220 m3 ni tashkil etadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kanallarda suvning shimilishi va bug‘lanish sarfi har 1 kilometr masofada 0,2-0,4 m3/soniya oralig‘ida bo‘ladi.

Shunda “Janubiy Mirzacho‘l” va “Do‘stlik” magistral kanallaridagi yo‘qotish 5-6 foizni, ichki ariqlardagi yo‘qotish 7-8 foizni tashkil etadi. Shularni hisobga olgan holda quyidagi amaliy takliflar ishlab chiqildi:

- daryo o‘zaniga eng yaqin bo‘lgan daryo qayirlariga suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni (masalan, sholi gektariga 25 ming m3 suv talab qiladi);

- daryo o‘zaniga nisbatan yaqin tumanlarga paxta (5-6 ming m3 /ga) va sabzavot ekinlarini (8-9 ming m3 /ga);

- daryo o‘zanidan uzoqlashib borgan sari suvni kam talab qiluvchi ekinlarni (kuzgi g‘alla (4-5 ming m3 /ga), no‘hat (3-4 ming m3 /ga), mosh, bog‘ va uzumzorlar (2-3 ming m3 /ga)) joylashtirish suv resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.

Natijada ekin areallari daryo o‘zanidan uzoqlashgan sari sholichilik, sabzavotchilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik ketma-ketligida shakllanadi hamda suv yetkazib berishdagi yo‘qotishlar 12 foizga qisqaradi.

Tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish orqali yaqin 15 yilda Jizzax va Sirdaryo viloyati tumanlarida sug‘orishdagi suv sarfini 30 foizgacha kamaytirishga erishish mumkin.

1-ilova

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tumanlari kesimida zonalashtirish[1]

T/r

Shahar va tumanlar nomi

 

Jami ekin may

donlari ming ga.

Shu jumladan:

o‘rtacha

 1 m3 suvni yetkazib berish xarajat

lari

(so‘m/m3)*

Tuproq

boni

teti*

Suvni ko‘p

talab qiluvchi  ekin maydon

larining jami ekin maydon

laridagi ulushi (%)

Suvni ko‘p talab qiluvchi ekin maydonlarining

olin

gan suv hajmi

dagi ulushi (%)

Suvni kam talab ekin maydonlarining jami ekin maydonlaridagi ulushi (%)

Suvni kam talab qiluvchi ekinlar

ning yalpi suv hajmi

dagi ulushi (%)

1 -  ZONA

1

Boyovut

33,3

44,1

50,6

55,9

49,4

32

54,5

2

Guliston

23,1

44,3

49,8

55,7

50,2

33

54

3

Sayxunobod

32,1

44,2

49,4

55,8

50,6

35

56

4

Sirdaryo

26,0

42,8

50,8

57,2

49,2

36

61

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 2- ZONA

1

Yangiyer sh.

0,25

12,0

24,0

88,0

76,0

-

-

2

Mirzaobod

21,6

43,5

52,3

56,4

47,7

42

45

3

Хоvos

25,8

34,0

48,3

66,0

51,7

42

47

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3 -  ZONA

1

Оqoltin

24,6

46,8

58,0

54,2

42,0

43

54

2

Sardoba

35,5

51,1

57,9

48,9

42,1

43

49

3

Аrnasoy

31,5

41,9

53,2

58,1

46,8

44

44

4

Do’stlik

33,3

55,2

64,1

54,8

35,9

44

51

5

Zarbdor

50,1

39,3

53,0

60,7

47,0

45

47

6

Мirzacho’l

30,8

45,9

53,1

54,1

46,9

44

45

7

Paxtakor

27,1

45,8

56,6

54,2

43,5

45

52

* paxta hosildorligi, suvning tannarxi va tuproq boniteti so‘nggi 5 yillik natijalar tahlil qilinib, o'rtacha ko‘rsatkich olingan.

 

M. Shagazatov,
MHTI markaz rahbari

K. Qo‘ziyev,
MHTI loyiha rahbari

 


[1] Jizzax va Sirdaryo viloyatlari iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.